Qo‘shimcha bagaj
Qo‘shimcha bagajni tashish qoidalari va narxini bilib oling

Centrum Air qo‘shimcha bagajni Piece Concept tizimi bo‘yicha tashiydi — me’yoridan ortiq har bir joy uchun standart tarif qo‘llaniladi
Qo‘shimcha bagajni qanday xarid qilish mumkin?
Saytda chipta rasmiylashtirish vaqtida qo‘shimcha xizmatlar bo‘limidan «Qo‘shimcha bagaj» xizmatini tanlang yoki uni keyinroq «Mening bronlarim» bo‘limi orqali qo‘shing.
Oldindan qo‘shimcha bagaj rasmiylashtirmagan yo‘lovchilar uni aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasida parvozdan oldin ham to‘lashlari mumkin
Me’yordan ortiq bagajni tashish qoidalari
- •Qo‘shimcha joy: bepul me’yordan oshgan har qanday qo‘shimcha bagaj joyi uchun alohida to‘lov undiriladi.
- •Maksimal vazn: har bir ro‘yxatdan o‘tgan qo‘shimcha bagaj joyi vazni 23 kg / 32 kg dan oshmasligi kerak
- •Maksimal o‘lcham: har bir predmet o‘lchami yig‘indisi 158 sm dan (uzunlik + kenglik + balandlik) oshmasligi kerak, agarda u nogabarit toifa sifatida tasniflanmagan bo‘lsa
- •Nogabarit bagaj: o‘lchami 158 sm dan (yoki o‘rindiqsiz chaqaloqlar uchun 116 sm dan) katta bo‘lgan har bir joy uchun me’yordan ortiq bagajning standart tarifiga qo‘shimcha ravishda alohida to‘lov undiriladi
- •Ortiqcha vaznli bagaj: 24-32 kg og‘irlikdagi predmetlar uchun standart ortiqcha yuk stavkasidan tashqari qo‘shimcha to‘lov olinadi (yoki o‘rindiqsiz chaqaloqlar uchun 11-32 kg og‘irlikdagi har bir buyum uchun).
- •Chaqaloqlar uchun bagaj: o‘rindiqsiz chaqaloqlar alohida me’yor (10 kg) ko‘zda tutilgan. Og‘irligi 11–45 kg yoki 116 sm dan ortiq bo‘lgan qo‘shimcha bolalar bagajlari quyidagi tariflarga muvofiq nogabarit/og‘ir bagaj sifatida haq olinadi.