Bepul bagaj tashish me’yori
Ushbu sahifada qo‘l yuki va bagajni bepul tashish qoidalari tarif va parvoz yo‘nalishiga ko‘ra keltirilgan.

Base ta’rifi
Base ta’rifi bo‘yicha bagaj – pulli
Optimal ta’rifi
Bepul bagaj – 23 kg gacha
Comfort ta’rifi
Bepul bagaj – 32 kg gacha
Bepul bagaj me’yori tarif sinfi va yo‘nalishga bog‘liq. Yo‘lovchilarga odatda quyidagilarni tashishga ruxsat beriladi:
Ro‘yxatdan o‘tgan bagaj (bagaj bo‘limiga):
Belgilangan miqdordagi ro‘yxatdan o‘tgan sumkalar (masalan, 1 yoki 2 o‘rin), har biri 23 kg / 32 kg gacha (tashish me’yori yo‘nalishga bog‘liq) va 158 sm gacha (uzunlik + kenglik + balandlik yig‘indisi)
Qo‘l yuki (salonga):
8 kg gacha va 115 sm gacha bo‘lgan bitta qo‘l yuki. Bunda 115 sm uch o‘lcham yig‘indisini (uzunligi + eni + balandligi) anglatadi (55 × 35 × 25 sm). Aeroportda maxsus o‘lchov ramkasi yordamida tekshiriladi — barcha qo‘l yuki kalibratorga (o‘lchov qurilmasiga) kuch ishlatmasdan, bosimsiz, deformatsiyasiz yoki tiqib joylashtirmasdan erkin sig‘ishi kerak.
Yo‘lovchi quyidagi buyumlarni havo kemasi salonida qo‘shimcha haq to‘lamasdan va tortmasdan olib o‘tish huquqiga ega, agar ular yo‘lovchi yonida bo‘lsa va asosiy qo‘l yukiga joylashtirilmagan bo‘lsa:
- Soyabon yoki hassa (uchi o‘tkir metall bilan jihozlangan hassalardan tashqari);
- Adyol, yo‘l uchun yopinchiq, palto yoki yomg‘irpo‘sh;
- Parvoz davomida o‘qish uchun mo‘ljallangan bosma nashrlar oqilona miqdorda;
- G‘ilofdagi portativ shaxsiy kompyuter (noutbuk), planshet yoki fotoapparat.
Go‘daklar (2 yoshgacha) bilan birga sayohat qilayotgan yo‘lovchilar havo kemasi salonida bolaga tashish davomida (parvoz va transfer vaqtini ham o‘z ichiga olgan holda) iste’mol qilish uchun zarur bo‘lgan bolalar ovqatini (jumladan ona suti, quruq va suyuq aralashmalar, pyurelar, sharbatlar va suv) bepul olib o‘tish huquqiga ega. Mazkur oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘l yukidagi suyuqliklarni tashishga oid cheklovlar tatbiq etilmaydi.
Hajmi 100 ml dan ortiq bo‘lgan idishlarda bolalar ovqatini shaffof yopiladigan paketlarga joylashtirmasdan tashishga ruxsat etiladi.
Qo‘l yukidan tashqari, yo‘lovchiga hujjatlar va qimmatbaho buyumlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan bir dona erkaklar yoki ayollar sumkasini bepul olib o‘tishga ruxsat beriladi, bunda qo‘l yuki va bunday sumkaning umumiy og‘irligi 8 kg dan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi kerak.
- Og‘irligi 8 kg dan ortiq bo‘lgan qo‘l yuki qo‘shimcha to‘lov evaziga tashishga qabul qilinishi mumkin, agar uning og‘irligi 10 kg dan va o‘lchamlari uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115 sm dan oshmasa.
- Og‘irligi 10 kg dan ortiq bo‘lgan qo‘l yuki faqat ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi hamda tegishli reys uchun amal qiluvchi tarifga muvofiq haq to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya xavfsizligi talablariga muvofiq, litiy batareyalarini o‘z ichiga olgan shaxsiy kompyuterlar va boshqa gadjetlar faqat yo‘lovchi salonida tashilishi kerak. Mazkur qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagajga topshirish taqiqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan buyumlar (qo‘l yukidan tashqari) bagaj birkalari bilan markalanmaydi va butun parvoz davomida yo‘lovchining shaxsiy nazorati va javobgarligi ostida bo‘ladi.
Agar tashish bir nechta Tashuvchi tomonidan amalga oshirilsa, ularning har biri o‘z tashish qoidalari va shartlarini, tariflarni qo‘llash qoidalarini, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj va qo‘l yukiga oid talablarni qo‘llash huquqiga ega. Boshqa Tashuvchining reyslariga chipta rasmiylashtiruvchi Tashuvchi faqat ushbu Tashuvchining agenti sifatida harakat qiladi.
Pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar va hujjatlar yo‘lovchi tomonidan o‘zi bilan olib yurilishi va bagajga topshirilmasligi kerak.
Yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘ziga tegishli barcha bagaj, qo‘l yuki va shaxsiy buyumlarni taqdim etishi shart.
Agar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj yo‘lovchi tomonidan to‘langan tarif uchun belgilangan bepul bagaj me’yoridan oshsa va/yoki qo‘shimcha haq evaziga tashiladigan maxsus toifadagi bagaj tashilayotgan bo‘lsa, yo‘lovchi bunday bagaj uchun Tashuvchi tomonidan belgilangan va e’lon qilingan stavkalar bo‘yicha haq to‘lashi shart.
Agar yo‘lovchi salonida tashilayotgan bagaj vazn yoki o‘lcham me’yorlaridan oshsa yoki salon bagajiga nisbatan Tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga boshqa jihatdan mos kelmasa, yo‘lovchi bunday bagajni Tashuvchining qoidalarida nazarda tutilgan tartib va shartlarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida topshirishi shart.
Agar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj va qo‘l yuki uchun Tashuvchi tomonidan belgilangan vazn va o‘lcham me’yorlaridan oshib ketgan bagajni tashish uchun haq to‘lashdan bosh tortsa, Tashuvchi bunday yo‘lovchi bilan havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish huquqiga ega.
Yo‘lovchi o‘ziga tegishli qo‘l yukini havo kemasining bagaj-yuk bo‘limida tashish to‘g‘risida murojaat qilishi mumkin. Agar bunday qo‘l yuki belgilangan qo‘l yuki me’yorlariga mos kelsa, u qo‘shimcha to‘lovlarsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida tashishga qabul qilinishi mumkin.
Tashuvchi tomonidan belgilangan vazn va/yoki o‘lcham me’yorlaridan oshadigan qo‘l yuki qo‘shimcha to‘lovlar evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida tashishga qabul qilinadi.
Duty Free bo‘yicha
- Duty Free do‘konlaridan xarid qilingan, og‘irligi 5 kg dan oshmaydigan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 92 sm dan oshmaydigan paketga qadoqlangan tovarlar.
Ikki yoki undan ortiq sumka, quti yoki boshqa bagaj buyumlarini bir-biriga bog‘lab yoki o‘rab, bitta bagaj o‘rni (1PC) sifatida topshirish mumkin emas. Har bir bagaj alohida o‘rin sifatida qabul qilinadi. Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
Eng ko‘p beriladigan savollar
Qanday qilib chipta band qilish mumkin?
Chipta band qilishning quyidagi usullari mavjud:
- rasmiy saytimiz orqali;
- qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib;
- rasmiy hamkorlar va agentliklar orqali.
Chipta xarid qilishdan oldin albatta saytimizda ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tgach, kerakli sana, yo‘nalish va xizmat sinfini tanlang, keyin bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarga amal qilib, bandlovni yakunlang.
Chiptani qanday o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkin?
Chipta faqat u xarid qilingan joyda o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Agarda saytimiz orqali xarid qilgan bo‘lsangiz, shaxsiy kabinet orqali yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, o‘zgartirish kiritishingiz mumkin. Qaytarish va o‘zgarishlar shartlari tanlangan tarifga bog‘liq.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qanday bog‘lanish mumkin?
Siz bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan +998 55 518 88 88 telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin. Bizning jamoamiz har doim sizga yordam berishga va barcha savollaringizga javob berishga tayyor.



