. UZS

Ko‘p beriladigan savollar

Ushbu sahifada foydalanuvchilarning ommabop savollariga javoblar jamlangan. Bu yerda siz foydali ma’lumotlar, tushuntirishlar va keng tarqalgan savollarga yechimlarni topasiz.

Qanday qilib chipta band qilish mumkin?

Chipta band qilishning quyidagi usullari mavjud:

  • rasmiy saytimiz orqali;
  • qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib;
  • rasmiy hamkorlar va agentliklar orqali.

Chipta xarid qilishdan oldin albatta saytimizda ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tgach, kerakli sana, yo‘nalish va xizmat sinfini tanlang, keyin bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarga amal qilib, bandlovni yakunlang.

Chiptani qanday o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkin?

Chipta faqat u xarid qilingan joyda o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Agarda saytimiz orqali xarid qilgan bo‘lsangiz, shaxsiy kabinet orqali yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, o‘zgartirish kiritishingiz mumkin. Qaytarish va o‘zgarishlar shartlari tanlangan tarifga bog‘liq.

Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qanday bog‘lanish mumkin?

Siz bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan +998 55 518 88 88 telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin. Bizning jamoamiz har doim sizga yordam berishga va barcha savollaringizga javob berishga tayyor.

Qo‘llab-quvvatlash xizmati qachon ishlaydi?

Bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz sutka davomida, dam olish kunlarisiz ishlaydi.

Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun qanday sharoitlar mavjud?

Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar reysdan 24 soat oldin nogironlar aravachasi xizmatiga buyurtma bera oladi. Buyurtmani saytimizdagi shaxsiy kabinet orqali, ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasida yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib rasmiylashtirish mumkin. Arizani parvozdan 24 soatdan kechikmasdan rasmiylashtirish lozim.

Yuk aviatashuvlari

Narxlarni hisoblash va yuk tashishni tashkil qilish bo‘yicha yozing: sales@myf.global

Boʻsh ish o‘rinlari

Ishga joylashish va ochiq vakansiyalar bo‘yicha: hr@centrum-air.com

Chipta xarid qilishda qanday to‘lov usullari mavjud?

Sayt va qoʻllab-quvvatlash xizmati orqali chipta xarid qilishda Visa, MasterCard kartalari, MIR to‘lov tizimi, shuningdek, O‘zbekistonning mahalliy UzCard va HUMO kartalari qabul qilinadi.

Centrum Air qanday tariflarni taklif qiladi va ular qanday farqlanadi?

Centrum Air uchta tarifni taklif etadi:


Base — 8 kg qo‘l yuki, ovqatlanish kiritilgan, o‘rindiq tanlash qo‘shimcha to‘lov evaziga, qaytarish va almashtirish ko‘zda tutilmagan. Qo‘l yuki og‘irligini 10 kg gacha oshirish uchun qo‘shimcha to‘lov.


Optimal — 8 kg qo‘l yuki, 23 kg ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yuk, ovqatlanish kiritilgan, parvozdan oldin qo‘shimcha to‘lov evaziga qaytarish va almashtirish mumkin. Qo‘l yuki og‘irligini 10 kg gacha oshirish uchun qo‘shimcha to‘lov.


Comfort — 8 kg qo‘l yuki, 23 kg ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yuk, ovqatlanish kiritilgan, parvozdan oldin qo‘shimcha to‘lov evaziga qaytarish va almashtirish mumkin. Qo‘l yuki og‘irligini 10 kg gacha oshirish uchun qo‘shimcha to‘lov.


Eslatma: yo‘nalishga qarab yuk tashish me’yorlari, shuningdek chiptani qaytarish va qayta rasmiylashtirish shartlari farq qilishi mumkin.

Reysga kech qolsam, nima bo‘ladi?

Agarda reysga ulgurmasangiz, chiptani qaytarish koʻzda tutilmagan. Biroq ayrim tariflarda jarima evaziga qayta bron qilish mumkin. Buning uchun chipta xarid qilingan joyga murojaat qiling. Chipta saytimiz orqali xarid qilingan boʻlsa, tarifingiz shartlari doirasida qanday imkoniyatlar mavjudligini bilish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling yoki shaxsiy kabinetingizga kiring.

Reys kechikkani yoki bekor qilinganini qanday bilishim mumkin?

Reys jadvali o‘zgargan taqdirda, sizga bandlov paytida ko‘rsatilgan e-mail manzilga xabar yuboriladi. Iltimos, dolzarb maʼlumotlardan xabardor boʻlish uchun elektron pochtangizni tekshirib turing.

Qo‘l yuki va bagaj haqida nimalarni bilish kerak?

Qo‘l yuki sifatida bitta yuk ruxsat etiladi, uning vazni 8 kg dan oshmasligi kerak (yo‘nalishga qarab). Umumiy o‘lchamlari uzunlik, kenglik va balandlik bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi lozim (55 × 35 × 25 sm).
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuk, agar u tarifga kiritilgan bo‘lsa yoki alohida sotib olingan bo‘lsa, tarif va yo‘nalishga qarab 23 yoki 32 kg dan oshmasligi kerak. Yuk o‘lchamlari uchta o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 158 sm dan oshmasligi lozim.


Yo‘lovchi ko‘рsatilgan 1 dona qo‘l yukidan tashqari, o‘zi bilan birga kichikroq ryukzak / sumka / noutbuk sumkasi (o‘lchami 30х40х10 sm dan oshmagan), choyshab, o‘qish uchun materiallar, bolalar taomi, soyabon, hassa yoki boj olinmaydigan savdo do‘konidan (duty-free) xarid qilingan bitta paketni tashish huquqiga ega.
Qo‘shimcha buyum samolyot o‘rindig‘i ostiga sig‘ishi kerak.


E’tibor bering: charter reyslarda qoidalar farq qilishi mumkin. Chipta sotib olayotganda amaldagi shartlarni aniqlashtirishni tavsiya qilamiz.

Chiptadagi ismni o‘zgartirish mumkinmi?

Ismni o‘zgartirish faqat qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali va pullik asosda amalga oshiriladi.

Qanday qilib reysga ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish reysdan 24 soat oldin ochiladi va faqat Toshkentdan parvozlar uchun amal qiladi. Saytimiz orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Shuningdek, aeroportda ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasida ham ro‘yxatdan o‘tish imkoni mavjud.

Hayvonlar bilan safar qilishda qanday talablar mavjud?

Faqatgina uy hayvonlari — mushuk va itlarni tashishga qabul qilamiz va faqatgina samolyot salonida yo‘lovchi bilan birga tashishga ruzsat beriladi. Tashish xizmati pulli va parvozdan 24 soat oldin band qilinishi lozim. Bandlovni saytimizda roʻyxatdan oʻtgandan soʻng mustaqil ravishda amalga oshirishingiz mumkin.
Tashish shartlari:

  • Hayvon vazni konteyneri bilan birgalikda 10 kg dan oshmasligi kerak.
  • Konteynerning maksimal o‘lchami: 44×30×26 sm.
  • Bir yo‘lovchiga faqat bitta konteynerga ruxsat beriladi.
  • Bitta konteynerda bir xil turdagi 2 bosh hayvon bo‘lishi mumkin (og‘irlik va o‘lcham talablariga amal qilinsa).
  • Hayvonlarni aviakompaniyamizning barcha yo‘nalishlarida tashish mumkin, BAA bundan mustasno.

Diqqat qiling:

  • Hayvonni aeroportda, terminalda yoki bortda olib chiqish taqiqlanadi.
  • Ro‘yxatdan o‘tish va parvoz vaqtida hayvonni boqish mumkin emas

Zarur hujjatlar:

Yoʻlovchida barcha zaruriy veterinar hujjatlar boʻlishi shart, jumladan:

  • veterinar pasport;
  • sog‘lik haqida ma’lumotnoma (emlashlar bilan);
  • emlash sertifikatlari;
  • uchish, tranzit va yetib borish mamlakatlari uchun zarur bo‘lgan qoʻshimcha hujjatlar.

Bolalar, talabalar va nafaqaxo‘rlar uchun chegirmalar bormi?

2 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onasining bag‘rida 90% chegirma bilan ucha oladi.
Agar 2 yoshgacha bola uchun alohida o‘rindiq rasmiylashtirilsa, bolalar tarifi qo‘llaniladi – kattalar tarifining 75 foizi (hamma tariflarda ham mavjud emas).
2–12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ham bilalar tarifi amal qiladi – toʻliq narxning 75 foizi (hamma tariflarda ham mavjud emas).
Afsuski, talabalar va nafaqaxo‘rlar uchun chegirma koʻzda tutilmagan.

Bagajim yo‘qolsa, nima qilishim kerak?

Bagaj yo‘qolgan taqdirda uchib kelish zonasini tark etmang va darhol arizani rasmiylashtirish uchun aeroportdagi Bagaj qidirish bo‘limiga murojaat qiling.
Arizani topshirgach, hodisani qisqacha tushuntirib, quyidagi hujjatlar bilan birga aviakompaniyaning info@centrum-air.com manziliga xat yuboring:

  • aeroportda to‘ldirilgan akt yoki arizaning nusxasi;
  • pasport nusxasi;
  • bagaj birkasi;
  • aviachipta;
  • agar mavjud bo‘lsa – bagajning rasmi

Homiladorlikda uchishga cheklovlar bormi?

Biz ayniqsa homiladorlik kabi muhim davrlarda sizning sogʻligʻingiz va xavfsizligingiz uchun qaygʻuramiz. Qulay va xavfsiz parvoz uchun homiladorlik muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi cheklovlarni inobatga olishingizni soʻraymiz:

  • 31 haftagacha (yakka homiladorlik) / 27 haftagacha (ko‘p homiladorlik) — cheklovlarsiz parvoz qilish mumkin.
  • 32–35 haftadan boshlab (yakka) / 28–32 haftadan boshlab (ko‘p) — uchishgacha 7 kundan oshmagan tibbiy ma’lumotnoma talab qilinadi.
  • 36 haftadan boshlab (yakka) / 33 haftadan (ko‘p) — uchish man etiladi.

Safar uchun qanday hujjatlar kerakligini qanday bilsam bo‘ladi?

Yo‘nalishga qarab quyidagilar talab qilinishi mumkin:

  • oldindan borish davlati elchixonasida rasmiylashtirilgan viza;
  • borish davlatiga kirish bilan olinadigan viza (bunday imkoniyat koʻzda tutilgan bo‘lsa);
  • borish davlati tomonidan belgilangan kirishdagi cheklovlarga amal qilish.

Xalqaro parvozdan oldin belgilangan mamlakatning rasmiy hukumat saytlarida viza talablarini va o‘z mamlakatingizning Tashqi ishlar vazirligi saytida dolzarb qoidalarni tekshirib chiqish qatʼiy tavsiya qilinadi.
Diqqat qiling: Hujjatlar mavjudligi va ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik faqat yo‘lovchining zimmasida.

O‘zbekistonga dron olib kirish mumkinmi?

Dronlar, jumladan havaskor modellari¬ni ham, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining maxsus ruxsatisiz olib kirish, saqlash va foydalanish taqiqlanadi. Ruxsat odatda yuridik shaxslarga aniq vazifalarni bajarish uchun beriladi.

Chet ellik turist guruhlari va jismoniy shaxslar vaqtincha olib kirishni faqat qabul qiluvchi tomon (turoperator, hamkor tashkilot yoki tegishli davlat organlari) orqali, mamlakatga kirishdan oldin rasmiylashtirishi mumkin.

Istisno — vazni 250 grammdan kam bo‘lgan, foto-, video va boshqa yozib olish vositalarisiz o‘yinchoq dronlar.

Agar chegarada qurilma ruxsatsiz aniqlansa, u musodara qilinishi mumkin, qoidani buzgan shaxsga esa ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik qo‘llanadi.

O‘rindiq tanlash mumkinmi?

Ha, qoʻshimcha toʻlov evaziga joy tanlash mumkin. Agar to‘lov qilinmasa, joy avtomatik ravishda aeroportda belgilanadi.

Bortda ovqat beriladimi?

Bortda bepul ovqat va ichimliklar beriladi. Barcha taomlar Halol standartlariga javob beradi.

Bolalar aravachalari va avtooʻrindiqlari qanday tashiladi?

Bir yo‘lovchiga quyidagilardan biriga bepul ruxsat etiladi:

  • oddiy bukiladigan bolalar aravachasi;
  • katta bukiladigan bolalar aravachasi;
  • bolalar avtooʻrindigʻi.

Maksimal og‘irlik — 20 kg.

Tashish shartlari:

  • 2 yoshgacha bolalar uchun — bepul.
  • 2 yosh va undan katta bolalar uchun— alohida toʻlov qabul qilinadi.

Charter reyslar

Charter reyslarni tashkil etish masalalari boʻyicha murojaat: charter@centrum-air.com

Kattalarsiz uchadigan voyaga yetmagan yo‘lovchilar uchun qanday talablar bor?

5 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat maxsus pullik kuzatuv xizmati bilan yolg‘iz ucha oladi. Aviakompaniya parvozning barcha bosqichlarida bola nazorati va unga hamrohlik qilinishini taʼminlaydi.
Xizmat chipta xaridi vaqtida rasmiylashtirilishi kerak. Uni keyinchalik qo‘shish mumkin emas.
Bolaning yoshi parvoz sanasiga qarab belgilanadi.

Muhim:
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 5–16 yoshli bolalarning xalqaro reyslarda kuzatuvchisiz uchishi taqiqlanadi.
Boshqa davlatlarning voyaga yetmagan fuqarolari quyidagi hujjatlar bilan kuzatuvchisiz uchishlari mumkin:

  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
  • ota-onalar yoki vasiylarning aviakompaniya reyslarida kuzatuvchisiz tashishga notarial tasdiqlangan ruxsatnomasi.

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari
Centrum Air