. UZS

O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviatashuvchisi, Centrum Holding xalqaro logistika va transport xoldingi tarkibiga kiruvchi Centrum Air aviakompaniyasi havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash (MRO) bo‘yicha dunyodagi yetakchi provayderlardan biri — Turkish Technic kompaniyasi bilan Airbus A320 flotiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p yillik shartnoma imzoladi.
Turkish Technic kompaniyasining O‘zbekiston aviakompaniyasi bilan birinchi sherikligiga zamin yaratgan mazkur kelishuv tomonlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikning boshlanishini anglatadi.
Shartnoma doirasida Centrum Air Turkish Technic’ning keng qamrovli komponentlar pulidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, oʻz navbatida, aviakompaniyaning ehtiyot qismlar bilan tezkor va kompleks ta’minlash orqali havo kemalarining uzluksiz ekspluatatsiyasini ta’minlashiga xizmat qiladi.
Turkish Technic bosh direktori va direktorlar kengashi a’zosi Mikail Akbulut hamkorlikni sharhlar ekan, shunday dedi:
«Markaziy Osiyoning eng yirik aviatashuvchilaridan birini hamkorlarimiz qatorida qutlashdan mamnunmiz. Ushbu uzoq muddatli kelishuv kelgusidagi yaqin hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Komponentlar puli sohasidagi ko‘p yillik tajribamiz sharofati bilan ularning operatsion faoliyatini samarali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaymiz. Yaqin yillarda hamkorligimiz uzoq muddatli va muvaffaqiyatli rivojlanishiga umid qilamiz».
O‘z navbatida, Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov shunday ta’kidladi:
«Turkish Technic bilan hamkorlik operatsiyalarimiz ishonchliligi va samaradorligini oshirishda muhim bosqich hisoblanadi. Komponentlarni qo‘llab-quvvatlashning rivojlangan infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati flotimiz va yo‘nalishlar tarmog‘imiz asosiy mintaqaviy hamda xalqaro bozorlarda kengayishi bilan birga, yuqori darajadagi operatsion barqarorlikni saqlab qolishimizga ham yordam beradi. Biz Turkish Technic’ning global ekspertizasini yuksak qadrlaymiz va ushbu hamkorlik Centrum Air’ning uzoq muddatli o‘sishi hamda operatsion mukammalligiga xizmat qilishiga ishonamiz».
Universal MRO xizmatlari yetkazib beruvchisi sifatida Turkish Technic xalqaro mijozlarning keng doirasi uchun texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, muhandislik yordami, modifikatsiya, shuningdek, komponentlar yetkazib berish va havo kemalarini rekonfiguratsiya qilishni ta’minlaydi. Kompaniya zamonaviy angarlarga ega bo‘lib, beshta ishlab chiqarish maydonchasida yuqori sifatli xizmatlar, raqobatbardosh bajarish muddatlari va keng ko‘lamli ichki vakolatlarni taqdim etadi.
Turkish Technic kompaniyasi haqida
Turkish Airlines guruhiga (Istanbul fond birjasi: THYAO) kiruvchi Turkish Technic (IATP: TKT) aviatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi yetakchi provayderlardan biridir. Kompaniya 11 650 nafardan ortiq yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lib, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, modifikatsiya va rekonfiguratsiya bo‘yicha kompleks xizmatlarni taqdim etadi. Ishlar ikki qit’ada joylashgan Istanbul aeroportlari (Otaturk, Sabiha Go‘kchen va Istanbul yangi aeroporti) bazasida amalga oshiriladi. Muhandislik va texnik xizmatlardan tashqari, Turkish Technic komponentlar pullari, loyihalash, sertifikatlash va ishlab chiqarish sohasida yechimlar taqdim etish orqali butun dunyodagi aviakompaniyalar va havo kemalari egalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Centrum Air kompaniyasi haqida
Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya floti tor va keng fyuzelyajli 15 ta zamonaviy Airbus havo kemasidan iborat bo‘lib, ular 50 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Kompaniya O‘zbekistondagi xablari orqali ishonchli havo qatnovini ta’minlagan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini faol rivojlantirmoqda.

Centrum Air aviakompaniyasi ayrim xalqaro yoʻnalishlarda yoqilgʻi yigʻimlariga tuzatishlar kiritilganini maʼlum qiladi. Mazkur qaror jahon bozorlarida aviatsiya yoqilgʻisi narxining sezilarli darajada oshishi munosabati bilan qabul qilindi.Oʻzgarishlar yoqilgʻi narxining dinamikasi operatsion xarajatlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan bir qator muntazam yoʻnalishlarga tegishlidir. Yoqilgʻi yigʻimining korreksiyalanishi ortib borayotgan xarajatlarni qisman qoplash va parvozlar dasturining barqaror bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.Shu bilan birga, aviachiptalarning bazaviy tariflari raqobatbardoshligicha qoladi, kiritilgan oʻzgarishlar esa cheklangan xarakterga ega boʻlib, faqat ayrim belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qoʻllaniladi. Aviakompaniya xarajatlarni optimallashtirish va yoʻlovchilar uchun tashuvlar narxiga tashqi omillar taʼsirini minimallashtirish choralarini koʻrmoqda.Centrum Air taʼkidlashicha, ushbu qaror parvozlar jadvali barqarorligini saqlash, parvozlar xavfsizligining yuqori darajasini qoʻllab-quvvatlash va aviatsiya yoqilgʻisi narxlari oʻzgaruvchan boʻlgan sharoitda operatsion faoliyat uzluksizligini taʼminlash imkonini beradi.
3 Aprel, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi 30-mart kuni Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, rasman o‘zining birinchi Yevropa yo‘nalishini ochdi. Reysning yo‘lga qo‘yilishi aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.Birinchi reys munosabati bilan aeroportda yo‘lovchilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi: mehmonlar bayramona bezaklar, tort va shirinliklar bilan qarshi olindi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidladi. Inauguratsiya marosimida O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsuli Miranshoh Raupov, Fraport vakili – aviakompaniyalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Kristina Morat, Swissport vakili Hikmet Karakelle, Sky Line Air Services – GSA Centrum Air vakili Mohamed Bayoumi, shuningdek, Centrum Air mintaqaviy vakolatxonalari va xorijiy idoralari koordinatori O‘tkur Alimov ishtirok etdi.Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy Airbus A321neo havo kemalarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, ishbilarmonlik va turistik safarlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
3 Aprel, 2026

31-mart kuni Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ining asosiy nuqtalaridan biri bo‘lgan Toshkent – Moskva (Sheremetyevo) yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilishining bir yilligini nishonlamoqda.Parvozlar yo‘lga qo‘yilgan vaqtdan boshlab ushbu reys shunchaki muntazam aviayo‘nalish emas, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi shaharlar, oilalar va ishbilarmonlik aloqalarini bog‘lovchi mustahkam havo ko‘priziga ham aylandi.Faoliyatning birinchi yili davomida aviakompaniya Sheremetyevoga 296 ta reys va 296 ta ortga qaytish parvozini amalga oshirib, parvozlar barqarorligi va muntazamligini ta’minladi. Yo‘nalish bo‘yicha umumiy yo‘lovchi oqimi har ikki tomonga 106 780 kishini tashkil etdi, osmondagi umumiy vaqt esa 2 678 soatga yetdi. Mazkur yo‘nalish yil davomida yuqori talabni saqlab qolib, ikki davlat o‘rtasidagi shaxsiy va xizmat safarlari uchun muhimligini tasdiqladi.Yil davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Yo‘nalishda Sheremetyevo aeroportida onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi, qo‘shimcha bagaj sotib olish imkoniyatlari kengaytirildi, uy hayvonlarini tashish imkoniyati yaratildi, shuningdek, ustuvor ro‘yxatdan o‘tish (priority check-in) xizmati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur shart-sharoitlar Sheremetyevo aeroporti xizmatlari bilan samarali hamkorlik natijasida yaratildi va aviakompaniya bu qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiradi.Bundan tashqari, bortdagi servis ham kengaytirildi. Yo‘lovchilar uchun chipta sotib olish jarayonida maxsus taomlarni tanlash (9 xil turdagi) imkoniyati yaratildi, shuningdek, parvoz vaqtida film ko‘rish, yangiliklar va jurnallar o‘qish, gazak va ichimliklar xarid qilish imkonini beruvchi tizim joriy etildi.Birinchi yil yakunlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish barqaror yo‘lovchi oqimini namoyon etib, Centrum Air xalqaro tarmog‘ining muhim qismiga aylandi.Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish sifati, reyslar muntazamligi va yo‘lovchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga ustuvor ahamiyat bergan holda yo‘nalishni yanada rivojlantirishda davom etmoqda.
31 Mart, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan