. UZS

Centrum Air Toshkent va Lahor o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Centrum Air Toshkent va Lahor o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

20 Aprel, 2026

Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalish – Toshkent–Lahor to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini yo‘lga qo‘yganini e’lon qiladi, ilk parvoz 2026-yil 21-aprel kuni amalga oshirildi.


Birinchi reys aeroportda aviakompaniya va hamkorlar vakillari ishtirokida tantanali ochilish marosimi bilan nishonlandi. Jumladan, yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan yo‘lovchilar bayramona kutib olindi, ramziy tarzda tort kesildi va mazkur reyslarning ahamiyati alohida e'tirof etildi.



Tadbirda O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Alisher To‘xtayev, O‘zbekistonning Pokistondagi turizm elchisi, O‘zbekistonning Panjobdagi Faxriy konsuli, Centrum Air vakillari, shuningdek, Lahor aeroporti rahbariyati, immigratsiya va xavfsizlik xizmatlarining ishtirok etgani bu boradagi hamkorlik yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqladi.


Yangi yo‘nalish ham turistik, ham ta’lim va ishbilarmonlik maqsadlaridagi yo‘lovchilar, jumladan, tibbiyot oliygohlari talabalari va mustaqil sayyohlar uchun mo‘ljallangan.


Haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriluvchi parvozlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida qulay va ishonchli aviaga aloqani ta’minlaydi.


Bundan tashqari, yo‘lovchilar Toshkent orqali boshqa xalqaro yo‘nalishlar – Frankfurt, Guanchjou, Moskva, Sankt-Peterburg hamda Janubi-Sharqiy Osiyoning bir qator shaharlariga qulay almashinuv reyslaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa Toshkent mintaqaviy tranzit xabi sifatidagi rolini ham mustahkamlab bormoqda.


Pokiston bozoridagi faoliyatini kengaytirish doirasida Centrum Air mamlakatning yetakchi aviatsiya hamkorlaridan biri – Gerry’s Group bosh agenti bilan hamkorlikda rasmiy vakolatxonasini ochdi.


Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi ning 1 450 000 so‘mdan boshlanishi yo‘nalishni ham sayyohlik, ham ishbilarmonlik safarlari uchun jozibador qiladi.



Aviachiptalarni rasmiy centrum-air.com saytida band qiling.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Holidays Antaliya turlari dasturini kengaytirmoqda

Centrum Holidays Antaliya turlari dasturini kengaytirmoqda

Centrum Holidays Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent – Antaliya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari asosidagi Antaliya turistik dasturi kengaytirilganini e’lon qiladi.2026-yil 15-maydan boshlanadigan parvozlar dasturining birinchi bosqichida reyslar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari keng fyuzelyajli qulay Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.29-maydan boshlab esa dastur har kunlik reyslargacha kengaytiriladi.Barcha turlar Centrum Holidays’dan parvoz va yashashni o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlar formatida taqdim etiladi.Sayohatchilar kompaniyaning onlayn platformasi orqali mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin.Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11,4 mln so‘mdan boshlanadi.Dastur doirasida quyidagi jozibador parvoz shartlari ko‘zda tutilgan:• Bagaj me’yori 60 kg gacha (weight concept): yo‘lovchilar bagajining umumiy vazni belgilangan me’yordan oshmasa, cheklanmagan miqdordagi bagaj o‘rinlarini tashishlari mumkin;• qo‘l juki 8 kg gacha;• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun parvoz bepul taqdim etiladi (alohida joy ajratilmagan holda);• 2 yoshdan 11 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lgan bolalar uchun – asosiy tarifdan 1 200 000 so‘m chegirma.Takliflar, mehmonxonalar va parvoz sanalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar Centrum Holidays platformasida mavjud.Ma’lumot uchun kontaktlar:Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880Sayt          Instagram          Telegram

22 Aprel, 2026

«Ezgulik shopperi»: Centrum Air mushuklar boshpanasini qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya tashabbusini boshlamoqda

«Ezgulik shopperi»: Centrum Air mushuklar boshpanasini qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya tashabbusini boshlamoqda

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdagi @milie_koshki.uz mushuklar boshpanasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Ezgulik shopperi» xayriya tashabbusi ishga tushirilganini e’lon qiladi.Loyiha doirasida maxsus shopperlar tayyorlangan bo‘lib, ular ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik belgisi sifatida ishtirokchilarga taqdim etiladi.Xayr-ehson sifatida o‘tkazilgan barcha mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshpanaga yo‘naltiriladi va hayvonlarni parvarish qilish, davolash hamda boqish uchun sarflanadi.Tashabbusda xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin. Buning uchun quyidagilar talab etiladi:• «Yordam bermoqchiman» matni bilan izoh qoldirish;• tashkilotchilardan yo‘riqnomani qabul qilib olish;• QR-kod orqali istalgan summani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshpanaga o‘tkazish;• o‘tkazma amalga oshirilganini tasdiqlash.Shundan so‘ng ishtirokchi Centrum Air’dan shopperni qabul qilib oladi.Arizalar ko‘rib chiqilgach, shopperlarni Toshkentdagi quyidagi nuqtalardan olish mumkin:• Pet Zoo hayvonot do‘konlari tarmog‘i (har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha);• Kotokafe (Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 10; soat 10:00 dan 22:00 gacha);• Centrum Air ofisi (Oybek ko‘chasi, 38; ish kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha).Eslatib o‘tamiz, shopperlar boshpana hududida berilmaydi.Alohida ta’kidlash joizki, Centrum Air mablag‘ yig‘ish jarayonida ishtirok etmaydi — barcha xayriya mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri @milie_koshki.uz boshpanasiga yuboriladi, bu esa shaffoflik va yordamning manzilliligini ta’minlaydi.«Ezgulik shopperi» tashabbusi — bu qiyin vaziyatga tushib qolgan hayvonlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uy hayvonlariga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish masalalariga e’tiborni qaratishning oddiy va oson usulidir.Centrum Air barcha befarq bo‘lmaganlarni loyihaga qo‘shilishga va birgalikda ezgu ishga hissa qo‘shishga taklif etadi.

21 Aprel, 2026

Centrum Air yangi Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishini ishga tushirdi

Centrum Air yangi Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishini ishga tushirdi

Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda va yangi Farg‘ona – Istanbul xalqaro yo‘nalishi ishga tushirilganini e’lon qiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilk parvoz 14-aprel kuni amalga oshirildi.Muntazam parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va shanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilmoqda.Yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan Istanbul aeroportida ilk reysni tantanali kutib olish marosimi hamda inauguratsiya tadbiri tashkil etildi.Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘ona vodiysi yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, dunyoning eng yirik xalqaro aviatsiya xablaridan biri va ommabop turistik manzili bilan qulay aloqani ta’minlaydi.Aviakompaniya parvozlar geografiyasini izchil kengaytirishda davom etib, yo‘lovchilarga sayohat va xizmat safarlari uchun yangi yo‘nalishlarni taklif etmoqda.

13 Aprel, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari