. UZS

Masala aviakompaniya rahbariyati tomonidan har tomonlama o‘rganib chiqilganidan so‘ng maʼlum bo‘ldiki, mazkur material real voqelikni aks ettirmaydi hamda uchuvchining bevosita kasbiy faoliyati yoki Centrum Air aviakompaniyasi bilan bog‘liq emas. Ushbu material uchuvchining sahifasini yuritgan uchinchi taraf PR-agentligi tomonidan tayyorlangan va e’lon qilingan. Material mazmuni bilan tanishganidan so‘ng uchuvchi hayvonlarga oid bunday bayonotlar noo‘rin va qabul qilib bo‘lmas deb topib, uni mustaqil ravishda o‘chirib tashlagan.
Material o‘chirilgan bo‘lsa-da, yuzaga kelgan holatga jiddiy baho berilmoqda. Zero, Centrum Air aviakompaniyasi hayvonlarga nisbatan insonparvar va masʼuliyatli munosabat tamoyillarini qatʼiy qo‘llab-quvvatlaydi, zootashabbuslar va ekologik loyihalarda faol ishtirok etib keladi.
Jumladan, 2024-yilning dekabrida aviakompaniya ekipaj va xodimlari @mehr_shelter boshpanasiga tashrif buyurib, bu yerda saqlanayotgan jonivorlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdi. 2025-yil 22-yanvar kuni esa aviakompaniya hayvonlar boshpanasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya mablag‘larini to‘plash jarayonini keng yoritib, mazkur tashabbusning ommaviy targ‘ib etilishini ta’minladi.
Bundan tashqari, aviakompaniya 2025-yilda kichik do‘stlarimizni himoya qilish va ularga yordam berish masalalariga e’tibor qaratishga qaratilgan boshpanalardagi hayvonlar ishtirokida maxsus xayriya taqvimini chop etdi.
Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan hayvonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha tashabbuslar qabul qilindi, jumladan:
1. Reyslarimizda uy hayvonlarini tashish uchun 20 foizlik chegirmali maxsus ijtimoiy tarif joriy etiladi;
2. Hayvonlar boshpanalariga zarur tibbiy preparatlar, ozuqa va boshqa ehtiyojlar bilan amaliy yordam ko‘rsatiladi;
3. Ko‘rilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan yordam natijalari aviakompaniyaning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilib boriladi.
Centrum Air aviakompaniyasi yuzaga kelgan holatdan chuqur afsusda ekanini bildiradi va jamoatchilikdan uzr so‘raydi. Biz hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan xayriya loyihalarini izchil davom ettiramiz hamda kichik do‘stlarimiz taqdiriga befarq emasligimizni amaliy ishlar bilan namoyon etamiz.

21-yanvar kuni Centrum Holding ofisida xolding delegatsiyasi va Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari, Fransiya elchisi janob Valid Fuk boshchiligida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Centrum Holding tomonidan xolding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmanov ishtirok etdi. Tomonlar fuqarolik aviatsiyasi, logistika, aviatsiya kadrlarini tayyorlash, shuningdek, Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.Uchrashuv davomida fransuz tomoni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan 2030-yilgacha fuqarolik aviatsiyasini rivojlantirishga oid hujjatning ahamiyatini qayd etdi. Ushbu hujjat doirasida milliy aviakompaniyalar floti sezilarli darajada kengaytirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, mamlakatning umumiy havo kemalari parki 180 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.Abdulaziz Abdurahmanov Centrum Holding’ning yo‘lovchi aviakompaniyasi bo‘lgan Centrum Air tasdiqlangan strategiya asosida, zamonaviy va samarali havo kemalaridan foydalanishga urg‘u bergan holda rivojlanishda davom etishini ma’lum qildi. Yo‘lovchi tashuvlarida kompaniya Airbus samolyotlariga, jumladan, A320, A321 va A330 oilasiga tayangan holda ishlaydi. O‘zbekistonda aviatsiya parkini kengaytirish vazifasi doirasida xolding Centrum Air va yuk tashuvchi My Freighter flotini kengaytirish orqali umumiy parkning kamida 50 foizi yoki undan ko‘prog‘ini ta’minlashni rejalashtirmoqda.Uchrashuvda Centrum Air’ning yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 2026-yil martidan aviakompaniyaning Yevropaga ilk muntazam reyslari — Frankfurt yo‘nalishi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Parij bilan muntazam aviaqatnovlar esa 2027-yil yozgi jadval doirasida, taxminan aprel oyida ochilishi ko‘zda tutilgan.Tomonlar Toshkentning tranzit salohiyatidan foydalangan holda xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirish yo‘lovchilar uchun foydali ekanini ta’kidladilar. Qulay geografik joylashuv tufayli Toshkent orqali parvozlar Yevropadan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga uchishda boshqa yirik aviatsiya xablariga nisbatan o‘rtacha ikki soatgacha vaqt tejash imkonini beradi.Yuk tashish segmentida My Freighter aviakompaniyasi allaqachon Fransiya, Germaniya, Italiya va Bolqon mintaqasi davlatlari kabi Yevropa mamlakatlariga ko‘plab charter reyslarni amalga oshirayotgani qayd etildi. Bu O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi logistika hamkorligining yuqori salohiyatini ko‘rsatadi.Uchrashuvda aviatsiya xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Fransuz tomoni uchuvchilar, muhandislar va yer usti xizmatlari mutaxassislarini o‘qitish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. Kelgusida tajriba almashish dasturlari, jumladan, Fransiyada, xususan Tuluzada joylashgan o‘quv markazlarida mutaxassislarni tayyorlash hamda sohaga oid ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ko‘zda tutilmoqda.Shuningdek, Centrum Holidays sayyohlik operatori asosida kirish va chiqish turizmni rivojlantirish loyihalari muhokama qilindi. Fransuz tomoni viza jarayonlarini samaraliroq qilish rejalari haqida ma’lumot berib, bu sayyohlik almashinuvining oshishiga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidladi.Centrum Holding Fransiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi, jumladan: CMA CGM — Markaziy Osiyo yo‘nalishida transport yechimlari va kargo-logistika sohasida; Safran — MRO xizmatlarini rivojlantirish va aviatsiya ehtiyot qismlarini yetkazib berish bo‘yicha; Simaero — uchuvchilarni tayyorlash sohasida; Airbus hamda tegishli universitetlar — O‘zbekistonda aviatsiya ekipajlari va muhandis kadrlarini tayyorlaydigan xususiy o‘quv muassasasini tashkil etish tashabbusi doirasida.Uchrashuv yakunida Fransiya elchisi Valid Fuk fransuz tomoni turli formatlarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqlab, ikki tomonlama loyihalarning yuqori salohiyatini hamda Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga qiziqish borligini qayd etdi.Kompaniyalar haqida ma’lumotAirbus – bosh qarorgohi Fransiyada joylashgan, dunyodagi yetakchi aviatsiya texnikasi ishlab chiqaruvchilardan biri, tijorat samolyotlari bo‘yicha global yetakchi.Safran – aviatsiya, mudofaa va kosmik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi yirik fransuz sanoat guruhi.Simaero – to‘liq funksional aviatsiya trenajyorlari yordamida uchuvchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan fransuz kompaniyasi.CMA CGM – dengiz logistikasi va multimodal transport yechimlari bo‘yicha global yetakchi.Centrum Holding haqidaCentrum Holding — xalqaro integratsiyalashgan transport-logistika xoldingi bo‘lib, guruhning bosh qarorgohi Dubayda joylashgan. Xolding havo va yer usti yuk tashuvlari, yo‘lovchi aviatsiyasi hamda ishlab chiqarish yo‘nalishlarini birlashtirgan diversifikatsiyalangan biznes platformani rivojlantiradi. Asosiy operatsion faoliyat O‘zbekistonda jamlangan bo‘lib, xizmatlar butun dunyo bo‘ylab ko‘rsatiladi.Centrum Holding’ning strategik maqsadi Markaziy Osiyoda Osiyo va Yevropa o‘rtasida samarali aloqani ta’minlaydigan yetakchi logistika va transport yechimlari provayderlaridan biriga aylanishdan iborat.
23 Yanvar, 2026

Muqaddas Ramazon oyi arafasida O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi bo‘lgan Centrum Air yo‘lovchilarni yaqinlashib kelayotgan muborak davr – ruhiy yangilanish, birdamlik va ezgu amallar oyi kirib kelayotgani bilan tabriklaydi. An’analarga hurmat va sayohatlar davrida yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida aviakompaniya aviachiptalarga chegirmalarni oʻz ichiga olgan maxsus promo-aksiyani e’lon qiladi.20-yanvardan 9-fevralgacha — aviachiptalarga 25 foiz chegirma.Sayohat davri: 17-fevraldan 19-martgacha.Chiptalarni sotib olish:– rasmiy centrum-air.com saytimiz;– Centrum Air Telegram Mini App ilovasi orqali.Maxsus tariflar bo‘yicha chiptalar soni cheklangan.Aksiya Centrum Air aviakompaniyasining muntazam reyslarida amal qiladi va yo‘lovchilarga Ramazon davrida hamda u yakunlanganidan keyin sayohatlarini yanada qulay shartlarda oldindan rejalashtirish imkonini beradi.Centrum Air yilning muhim davrlarida yo‘lovchilar haqida g‘amxo‘rlik qilish tamoyillariga sodiq qolgan holda qulay va hamyonbop sayohatlarni taklif etishda davom etadi.Centrum Air kompaniyasi haqidaCentrum Air — O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi bo‘lib, zamonaviy havo kemalari parkini ekspluatatsiya qiladi. Kompaniya 2023-yil yanvar oyida tashkil etilgan va ishonchli hamda xavfsiz aviatashuvlarni ta’minlagan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini faol kengaytirmoqda. Centrum Air floti 14 ta zamonaviy tor va keng fyuzelyajli Airbus samolyotlaridan iborat bo‘lib, 50 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Yil oxiriga qadar aviakompaniya parkni 22 ta samolyotgacha oshirishni rejalashtirmoqda.Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telefon: (+998) 555−18−88−88Veb-sayt: centrum-air.comFacebook: fb.com/centrumairlinesInstagram: @centrumairTelegram: t.me/centrumair
19 Yanvar, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi yangi Airbus A321neo samolyotini qabul qilib oldi. Mazkur layner aviatashuvchi parkidagi 14-havo kemasi boʻldi. Ro‘yxat raqami UK32133 bo‘lgan samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan (Sloveniya) uchib keldi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.Airbus A321neo — yangi avlodga mansub zamonaviy o‘rta masofali samolyot bo‘lib, Airbus A320 oilasining avvalgi modellariga qaraganda yuqori yoqilg‘i tejamkorligi va parvoz masofasining uzaytirilganligi bilan ajralib turadi. Yangi dvigatellar va takomillashtirilgan aerodinamikadan foydalanish yoqilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar darajasini kamaytirish imkonini beradi, bu esa aviakompaniyaning barqaror rivojlanish strategiyasiga mos keladi.Samolyotning to‘liq ekonom-klass tipidagi 221 yo‘lovchi o‘rniga mo‘ljallangani uni yuqori talabga ega bo‘lgan reyslarni amalga oshirish uchun maqbul yechimga aylantiradi. Airbus A320 bilan solishtirganda uzaytirilgan parvoz masofasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va havo kemasidan uzoqroq yo‘nalishlarda foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.Centrum Air kompaniyasi Airbus A321neo samolyotidan Uzoq Sharq, Yevropa va yuqori sig‘im hamda parvoz masofasi talab etiladigan boshqa xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.Yangi samolyotning qabul qilib olinishi aviakompaniyaning barqaror o‘sish va faol rivojlanish strategiyasi doirasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Centrum Air izchil ravishda flotini kengaytirib, zamonaviy va samarali havo kemalariga investitsiya kiritmoqda, bu esa operatsion samaradorlikni va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.
16 Yanvar, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan