Logo

Blog

Jonivorlar bilan sayohat

Sayohat vaqtida ham uy jonivoringizdan ayrilishni istamasligingizni yaxshi tushunamiz. Shu sababli jonivorlarni tashish haqida bilishingiz kerak boʻlgan barcha maʼlumotlarni jamladik: xizmatni qanday rasmiylashtirish, hujjatlar va tashish qafasini qanday tayyorlash, shuningdek, parvozdan oldin qaysi qoidalarga eʼtibor berish kerakligi haqida.

A dog and a cat

Jonivorlarni tashish — alohida haq toʻlanadigan qoʻshimcha xizmat.

Xizmat narxini bilish va uni rasmiylashtirish uchun aviachipta xarid qilish jarayonida qoʻshimcha xizmatlarni tanlash bosqichidan foydalanishingiz mumkin.

Har bir reysda samolyot salonida jonivorlarni tashish uchun ajratilgan joylar soni cheklangan. Shu sababli reysingizda jonivorlarni tashish uchun barcha joylar band boʻlsa, afsuski, xizmatni sayt yoki agentlik orqali rasmiylashtirish imkoni boʻlmaydi.

Agar savollaringiz bo‘lsa, bizning ishonch telefonimizga murojaat qilishingiz mumkin:

+998 55 518 88 88

Jonivorlarni tashishning umumiy qoidalari

  1. Centrum Air yoʻlovchi reyslarida jonivorlarni faqat samolyot salonida tashiydi. Tashish uchun belgilangan talablarga javob beradigan maxsus qafas (konteyner) boʻlishi kerak. Hayvonlarning maxsus qafasi bilan birgalikdagi umumiy vazni quyidagilardan oshmasligi kerak:
    • a) 10 (o‘n) kg — qafas yo‘lovchi o‘rindig‘i ostiga joylashtirilganda;
    • b) 20 (yigirma) kg — qafas alohida yo‘lovchi o‘rindig‘iga joylashtirilganda.
  2. Samolyot salonida faqat itlar, mushuklar va manzarali qushlarni tashishga ruxsat etiladi. Yoʻlovchi samolyotlarining yuk boʻlimlarida jonivorlarni tashish koʻzda tutilmagan.
  3. Boshqa turdagi jonivorlarni samolyot salonida tashish uchun yoʻlovchi aviakompaniyani oldindan xabardor qilishi va uning vakolatxonasidan yozma rozilik olishi kerak.
  4. Quyidagi jonivorlarni tashishga ruxsat etilmaydi:
    Animals in the red book

    Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar

    Animals in the red book

    Zaharli
    hayvonlar

    Animals in the red book

    Infeksiya yuqqan va kasal hayvonlar

    Animals in the red book

    Laboratoriya
    hayvonlari

    Animals in the red book

    Yassi tumshuqli it va mushuklar

    Animals in the red book

    O‘tkir va o‘ziga xos hidli hayvonlar

  5. Yo‘lovchi hayvonni tashish uchun so‘rovni reysning rejalashtirilgan uchish vaqtidan kamida 48 (qirq sakkiz) soat oldin yuborishi kerak.
  6. Jonivorni tashish imkoniyati parvoz amalga oshiriladigan, tranzit va boriladigan mamlakatlarning talablariga bogʻliq.
  7. Yoʻlovchi barcha zarur hamrohlik hujjatlarini mustaqil ravishda rasmiylashtiradi hamda parvoz amalga oshiriladigan, tranzit va boriladigan mamlakatlar talablariga amal qilish uchun javobgar hisoblanadi.
  8. Zarur hujjatlar mavjud boʻlmasa yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa, aviakompaniya jonivorni tashishni rad etishi mumkin.

Zarur hujjatlar

  1. Jonivorni tashish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlash zarur:
    • – emlashlar haqidagi amaldagi qaydlar mavjud boʻlgan veterinariya pasporti;
    • – boriladigan mamlakat qoidalariga koʻra talab etilsa, xalqaro veterinariya sertifikati;
    • – qonunchilikda nazarda tutilgan boʻlsa, joʻnash aeroportida veterinariya nazoratidan oʻtilganini tasdiqlovchi hujjatlar;
    • – tegishli mamlakatlarga jonivorni olib kirish, olib chiqish yoki tranzit orqali olib oʻtish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar.

    Xizmat jonivorlarini tashish uchun jonivor tegishli tayyorgarlikdan oʻtganini va xizmat jonivori maqomiga ega ekanini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etilishi kerak.

Tashish qafasiga qoʻyiladigan talablar

  1. Yoʻlovchi jonivorni tashish uchun maxsus qafas (konteyner) bilan mustaqil ravishda taʼminlaydi.*

    * Batafsil talablar «Jonivorlarni tashish qafaslariga qoʻyiladigan talablar» boʻlimida keltirilgan.

  2. Tashish qafasi jonivorning muayyan turiga mos boʻlishi kerak. Qafas ichida jonivor boʻyini toʻliq rostlab, erkin turishi, aylanishi va tabiiy holatda yotishi lozim.

    Bitta qafasda ikki yoki undan ortiq jonivorni tashishga faqat ular bir biologik turga mansub va oʻzaro qarindosh boʻlgan taqdirda ruxsat etiladi. Biroq jonivorlarni bunday usulda tashish tavsiya etilmaydi.

  3. Tashish qafasi eshigining oʻz-oʻzidan yoki jonivor tomonidan ochilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan ishonchli qulflash moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Shuningdek, yetarli shamollatish va qafas tagida suyuqlikning sizib chiqishini oldini oladigan, namlikni shimuvchi suv oʻtkazmaydigan qoplama boʻlishi lozim. Namlikni shimuvchi maxsus taglikdan foydalanish tavsiya etiladi.
  4. Butun parvoz davomida tashish qafasi yopiq, jonivor esa uning ichida boʻlishi kerak.
  5. Parvoz vaqtida tashish qafasi oldingi yoʻlovchi oʻrindigʻi ostiga joylashtirilishi kerak. Parvoz davomida jonivorni qafasdan chiqarish, uni qoʻlga olish yoki ovqatlantirish taqiqlanadi.

Xizmatni tasdiqlash

Parvozga 48 soatdan kam vaqt qolganda murojaat qilingan taqdirda, aviakompaniya xizmatni tasdiqlash imkoniyatini kafolatlamaydi.

Yoʻlovchining javobgarligi

Yoʻlovchi Centrum Air reyslarida tashiladigan jonivor uchun toʻliq javobgar hisoblanadi, jumladan:

  • – jonivorning sogʻligʻi;
  • – tashish talablariga rioya etilishi;
  • – zarur hujjatlarning mavjudligi va ishonchliligi;
  • – tashish vaqtida jonivorning xatti-harakati;
  • – parvoz amalga oshiriladigan, tranzit va boriladigan mamlakatlarning veterinariya, sanitariya, bojxona va boshqa talablariga rioya etilishi.

Yoʻlovchi parvoz amalga oshiriladigan, tranzit va boriladigan mamlakatlarning davlat organlari talablarini mustaqil ravishda oʻrganib chiqishi kerak, jumladan:

  • – veterinariya nazorati talablari;
  • – karantin nazorati talablari;
  • – bojxona organlari talablari;
  • – migratsiya va boshqa vakolatli organlar talablari.

Yoʻlovchi quyidagi holatlar bilan bogʻliq barcha oqibatlar uchun javobgar hisoblanadi:

  • – zarur hujjatlarning mavjud emasligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilishi;
  • – veterinariya yoki sanitariya talablarining buzilishi;
  • – davlat organlari tomonidan jonivorni olib kirish, olib chiqish yoki tranzit orqali olib oʻtishga ruxsat berilmasligi;
  • – jonivorning karantinga joylashtirilishi;
  • – jonivorning deportatsiya qilinishi yoki qaytarib yuborilishi;
  • – jonivorning davlat organlari tomonidan ushlab qolinishi.

Eng ko‘p beriladigan savollar

Qoʻshimcha xizmatlar

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan