. UZS

Centrum Air reyslarida qo‘l yukini tashish qoidalari

Centrum Air reyslarida qo‘l yukini tashish qoidalari

16 Fevral, 2026

Yo‘lovchilar qulayligi va xavfsizligi uchun Centrum Air reyslarida samolyot saloniga qo‘l yukini olib kirish bo‘yicha yagona me’yorlar amal qiladi.

Har bir yo‘lovchi vazni 8 kg gacha bo‘lgan bir dona qo‘l yukini bortga bepul olishi mumkin.

Umumiy o‘lchamlar 115 sm dan oshmasligi kerak, tavsiya etilgan o‘lcham – 55 × 35 × 25 sm. Hisob-kitobga barcha elementlar: cho‘ntaklar, tutqichlar va g‘ildiraklar kiritiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘l yukiga maxsus birka yopishtiriladi.

Aeroportda qo‘l yuki kalibrator yordamida tekshirilishi mumkin: sumka uning ichiga erkin sig‘ishi lozim. Samolyotga chiqish vaqtida ham takroriy tekshiruv amalga oshirilishi mumkin.

Salonda qo‘l yuki oldindagi o‘rindiq ostiga yoki yuk tokchasiga joylashtiriladi. Standart qo‘l yuki o‘rniga ixcham buklanadigan bolalar aravachasini (trost-kolyaska) tashishga ruxsat beriladi.

Belgilangan me’yordan tashqari, yo‘lovchilar qo‘shimcha ravishda quyidagilarni o‘zlari bilan olishlari mumkin:

  • kichikroq ryukzak, ayollar sumkasi yoki noutbuk sumkasi (30 × 40 × 10 sm gacha),

  • yopinchiq,

  • mutolaa uchun materiallar,

  • bolalar taomi,

  • soyabon yoki hassa,

  • Duty Free do‘koni xaridlari solingan bitta paket.

Ushbu buyumlar asosiy qo‘l yukini o‘lchashda hisobga olinmaydi.

Qo‘l yuki belgilangan miqdor, vazn yoki o‘lcham me’yorlaridan oshsa, uni ro‘yxatdan o‘tish peshaxonasida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida rasmiylashtirish lozim. Bunday holda tariflarga muvofiq qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.

Qo‘l yuki o‘lchamlari va vazniga rioya qilish — barcha yo‘lovchilarning qulayligi hamda reyslarni o‘z vaqtida amalga oshirishning muhim shartidir.

Bagaj va qo‘l yukini tashish me’yorlari haqida batafsil ma’lumotlar elektron marshrut kvitansiyangiz, shuningdek, Centrum Air rasmiy saytida mavjud.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish va bortga chiqish qoidalarini yangiladi

Centrum Air ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish va bortga chiqish qoidalarini yangiladi

Centrum Air aviakompaniyasi ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishni yopish va bortga chiqishni yakunlash vaqtlarini o‘zgartirdi.Ro‘yxatdan o‘tish parvozga 45 daqiqa qolganida yopiladi;Samolyotga chiqish parvozga 25 daqiqa qolganida yakunlanadi.O‘zgarishlar reyslar punktualligini oshirish va jadvalning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Yangi qoidalar mahalliy yo‘nalishlarga, jumladan, Urganch (Xiva), Nukus, Buxoro va Termiz shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlarga taalluqlidir. Yo‘lovchilarga barcha parvozoldi jarayonlaridan xotirjam o‘tishlari uchun aeroportga vaqtliroq kelish tavsiya etiladi.Centrum Air o‘z yo‘lovchilari uchun parvozlar jadvali barqarorligi, qulaylik va yuqori darajadagi xizmatni ta’minlash maqsadida operatsion jarayonlarni takomillashtirishda davom etadi.

26 Yanvar, 2026

Centrum Air va My Freighter O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni kengaytirmoqda

Centrum Air va My Freighter O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Pokistonga amalga oshirgan tashrifi doirasidagi nutqida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish masalasini alohida ta’kidlab, joriy yil aprel oyidan boshlab Centrum Air Lahor yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishini, My Freighter esa Karachiga yuk tashuvlarini ochishini qayd etdi.Yangi yo‘nalishlar ishbilarmonlik, turizm va logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.«Centrum Air va My Freighter loyihalari davlatlararo kun tartibining bir qismiga aylanayotgani hamda mintaqaning transport bog‘liqligini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani biz uchun katta sharaf. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash jarayonining bir qismi bo‘layotganimizdan chin dildan xursandmiz. Yangi yo‘nalishlarning ochilishi bu shunchaki parvozlar geografiyasini kengaytirish emas, balki biznes, turizm va hududlarimizning qo‘shma rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan barqaror “havo ko‘prigi”ni shakllantirish hamdir», – dedi Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmanov.

9 Fevral, 2026

Centrum Air Toshkent aeroportida o‘zining birinchi aviakassasini ochdi

Centrum Air Toshkent aeroportida o‘zining birinchi aviakassasini ochdi

Centrum Air aviakompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida o‘zining birinchi aviakassasini ishga tushirdi. Bu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va oflayn qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Rasmiy tantanali ochilish marosimi 2026-yil 2-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.Mehmonlar va yo‘lovchilar uchun bayramona dastur tashkil etildi: ko‘ngilochar qism hamda aeroport va aviakompaniya vakillarining tantanali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, Centrum Air’ning asosiy ramzlaridan biri — Sentrik maskoti alohida e’tiborni tortdi. U mehmonlarni kutib oldi, yo‘lovchilar bilan suratga tushdi va haqiqiy sayohat bayrami muhitini yaratdi.Aviakassaning asosiy vazifasi aviachiptalarni sotish va yo‘lovchilarga tezkor qo‘llab-quvvatlashdan iborat: yordamlashish, maslahatlar berish va «shu yerda va hozir» xizmati.Kassada quyidagilarni amalga oshirish mumkin:chiptalarni rasmiylashtirish va almashtirish;parvozni yanada qulay o‘tkazish uchun salondan qulay o‘rinlarni tanlash;navbatda kutish vaqtini qisqartirish uchun ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini xarid qilish;me’yordan ortiq bagaj va qo‘l yuklari uchun to‘lash.Shu tariqa, yo‘lovchilar parvozdan oldin aksariyat masalalarni tez va bir joyning o‘zida hal qilib, vaqtlarini tejash hamda safarlarini yanada xotirjam amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.Kelajakda aviakassada sayohat uchun sug‘urta rasmiylashtirish va eSIM xarid qilish imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Ushbu xizmatlar yo‘lovchilarga xorijda o‘zlarini yanada ishonchli his qilishlariga yordam beradi: sug‘urta kutilmagan holatlarda moliyaviy himoyani ta’minlaydi, eSIM esa mahalliy operatorlarni izlamasdan, yetib borish bilanoq aloqada qolish va internetdan foydalanish imkonini beradi.Aviakompaniya sayohatlarni bosqichma-bosqich yanada qulay va hammabop qilib borar ekan, bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi hamda individual yondashuvni ham saqlab qolmoqda. Yangi xizmat ko‘rsatish nuqtasi foydali tariflarni qo‘shimcha xizmatlar bilan uyg‘unlashtirish hamda yo‘lovchilarga chipta sotib olishdan to yetib borishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yordam berishga, oddiy, tushunarli va qulay sayohat ekotizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

2 Fevral, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari