. UZS

Pokistonning yirik sayyohlik agentliklari vakillari, yetakchi kompaniya raislari va bosh direktorlari Centrum Air aviakompaniyasining Toshkentdagi idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.

Pokiston delegatsiyasiga KPK sayyohlik agentliklari uyushmasi raisi janob Abid Ud Din boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, Toshkent orqali qulay tranzit reyslarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Pokiston fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Boy madaniy meros, tarixiy shaharlar va an’anaviy mehmondo‘stlik tufayli O‘zbekiston mintaqadagi eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, tomonlar turizmning alohida yo‘nalishlari: ayollar guruhlari, ziyorat turizmi, oilaviy va madaniy-ma’rifiy sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.
Eslatib o‘tamiz, Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 21-apreldan buyon Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajarilmoqda.
Centrum Air turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish, sayyohlik tarmog‘i vakillari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda.


Centrum Air aviakompaniyasi oʻz rasmiy saytida Asterium platformasining innovatsion vositasi – kriptoekvayringni joriy etib, Markaziy Osiyoda bunday texnologik yangilikni taqdim qilgan ilk aviatashuvchiga aylandi va mintaqadagi texnologik yetakchilik maqomini mustahkamladi.Ushbu yechim yoʻlovchilar uchun moliyaviy imkoniyatlarning mutlaqo yangi darajasini ochadi hamda odatiy toʻlov vositalari qatorini ilgʻor kriptotexnologiyalar hisobiga kengaytiradi.Asterium kriptoekvayring tizimining integratsiyalashuvi anʼanaviy moliya va kriptoaktivlar oʻrtasidagi toʻsiqlarni butunlay yoʻq qilishga xizmat qildi. Natijada aviachiptalarni sotib olish jarayoni maksimal darajada soddalashtirildi va uzluksiz koʻrinishga keltirildi.Aviakompaniyaning rasmiy saytida oddiy reysga band qilinganda (bron qilinganda), yoʻlovchi hisob-kitob birligi sifatida milliy valyuta (UZS)ni tanlaydi. Tranzaksiya Asterium kriptohamyoni orqali tasdiqlanganda, tizim zudlik bilan (orqa fonda) foydalanuvchining kriptoaktivlarini sotadi. Shundan soʻng mablagʻlar Centrum Air bank hisobraqamiga toʻgʻridan toʻgʻri va hech qanday kechikishlarsiz milliy valyutada kelib tushadi.Sahifadagi integratsiyadan tashqari, ushbu hamkorlik Asterium kriptokartalari egalari uchun ham yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Mazkur fintex-yechimlar ham milliy Humo toʻlov tizimi, ham Visa va Mastercard kabi yirik xalqaro gigantlar bilan sinergiyada (oʻzaro uygʻunlikda) ishlaydi.Chiptalarni centrum-air.com rasmiy saytida band qilish mumkin.
13 Iyul, 2026

Centrum Air o‘zining eng shov-shuvli promoaksiyalaridan biri — “chipta ovi” qaytayotganini e'lon qiladi. Bu gal yo‘lovchilarni istalgan yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, ommabop xalqaro marshrutlar uchun 12 000 so‘mdan 100 ta aviachipta kutmoqda.2026-yil 5-iyul kuni aviakompaniyaning mobil ilovasida 100 ta 12 000 so‘mlik aviachipta “yashiriladi” — yo‘nalish bo‘yicha cheklovlarsiz. Yo‘nalishlar orasida — Maldiv orollari, Phuket, Moskva, Dubay va boshqalar ham bor. Chiptalar birinchi bo‘lib topgan va band qilgan yo‘lovchilarga nasib etadi.Aksiyada qatnashish juda oson: foydalanuvchi mobil ilovani (App store yoki Google Play) o‘rnatishi, istalgan yo‘nalish va sanani tanlashi hamda 12 000 so‘m narxni topsa, xaridni darhol yakunlashi kerak. Qidiruv urinishlari soni cheklanmagan.Aksiya 2026-yil 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 23:59 gacha davom etadi. 12 000 so‘mlik aviachiptalar 2026-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan reyslar uchun amal qiladi.6-iyul kuni Centrum Air “omadli chiptalar” qaysi yo‘nalishlarga yashirilganini e’lon qiladi.Diqqat! Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishing.
3 Iyul, 2026

Centrum Air eng ommabop xalqaro yo‘nalishlardan biri bo‘yicha biznes-klass o‘rinlariga maxsus taklifni taqdim etadi. 2026-yil 27-iyundan 31-iyulgacha yo‘lovchilar biznes-klass aviachiptalarini 35% chegirma bilan — 6 200 000 so‘mdan boshlab sotib olishlari mumkin.Aksiya har ikki yo‘nalish: Toshkent – Istanbul va Istanbul – Toshkent reyslariga tatbiq etiladi. Maxsus tarif iyul oyi davomida amal qiladi, 3-iyul kungi reys bundan mustasno.Istanbul – Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchilar uchun alohida qulaylik ham taqdim etilgan. Biznes tarifiga har biri 32 kg gacha bo‘lgan 3 ta bagaj o‘rni kiradi. Bu uzoq safardan qaytayotgan yoki ko‘p yuk bilan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun katta afzallikdir.Mazkur yo‘nalishdagi Centrum Air biznes-klassi parvozning ilk daqiqalaridanoq yuqori darajadagi qulaylik va xizmatni taqdim etadi. Shu bois ushbu taklif xizmat sifatini qadrlaydigan ishbilarmon yo‘lovchilari hamda sayyohlar uchun ayniqsa jozibador hisoblanadi.Maxsus tarif bo‘yicha chiptalarni mobil ilova hamda Centrum Air rasmiy saytidan xarid qilish mumkin.Taklif 2026-yil 27-iyundan 31-iyulgacha bo‘lgan reyslarga amal qiladi, 3-iyuldagi reys bundan mustasno. Maxsus tarifdagi joylar soni cheklangan.
24 Iyun, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan