. UZS

Centrum Air oʻz aviaparkiga ikkinchi keng fyuzelyajli Airbus A330-300 samolyoti kelib qoʻshilganini e’lon qiladi. Ushbu layner aviakompaniya hisobidagi o‘ninchi havo kemasiga aylandi. Mazkur xarid uzoq masofali yo‘nalishlarni rivojlantirish va xalqaro marshrut tarmog‘ini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
Yangi samolyot saloni to‘liq ekonom konfiguratsiyada bo‘lib, 347 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. O‘rindiqlar orasidagi masofa taxminan 60 sm ni tashkil qiladi, bu esa hatto uzoq parvozlarda ham qulaylikni ta’minlaydi. 2–4–2 ko‘rinishidagi o‘rindiqlar joylashuvi parvozni ham juftliklar, ham oilaviy sayohatchilar uchun maksimal darajada qulaylashtiradi.
A330-300 ilg‘or vibratsiya va shovqin izolyatsiyasi tizimlari, shuningdek, past shovqin darajasiga ega dvigatellar bilan jihozlangan boʻlib, bu parvozni avvalgi avlod samolyotlariga qaraganda sokinroq va tinchroq qiladi. Yaqin vaqt ichida ushbu bortda interaktiv multimedia tizimi joriy etiladi va yaqin kelajakda mazkur tizim nafaqat A330, balki kompaniyaning barcha samolyotlariga ham oʻrnatiladi.
Hozirda Airbus A330 allaqachon Guanchjou, Bangkok va Seul yo‘nalishlarida parvozlarni amalga oshirmoqda. Yaqin kelajakda esa u Centrum Air ishga tushirishni rejalashtirayotgan Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropaga mo‘ljallangan yangi uzoq masofali yo‘nalishlarga ham jalb etiladi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniya xodimlarining farzandlari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Ushbu kun jajji mehmonlar va ularning ota-onalari uchun haqiqiy bayramga aylandi.Bolajonlar uchun maxsus dastur tayyorlandi, aviakompaniya bosh direktori va asoschisi Abdulaziz Abdurahmonov esa bolalarni shaxsan tabriklab, ularga sovg‘alar topshirdi. Tadbir samimiy va do‘stona muhitda o‘tib, bolajonlarga olam-olam quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.Ularning ko‘pchiligi uchun bu erda bo‘lish, ota-onalarining ish joyini ko‘rish hamda ularning har kungi faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun birinchi imkoniyat bo‘ldi.Xodimlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash Centrum Air korporativ madaniyatining muhim qismidir. Kompaniya nafaqat professional yutuqlar, balki oilaviy qadriyatlar ham yuksak qadrlanadigan qulay va mehmondo‘st muhit yaratishga intiladi.Centrum Air barcha bolajonlarni va ota-onalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, ularga baxtli bolalik, yorqin taassurotlar va eng ezgu tilaklar ro‘yobini tilab qoladi.
1 Iyun, 2026

Centrum Air aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha aeroportlarda yo‘lovchilar uchun amal qiladigan yangi Priority xizmati ishga tushirilganini e’lon qiladi. Ushbu xizmat parvozoldi jarayonlariga ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish va sayohat boshlanishini maksimal darajada qulay qilish imkonini beradi.Xizmatdan foydalangan yo‘lovchilar uchta asosiy afzallikka ega bo‘ladilar:Alohida ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi — umumiy navbatlarsizBagajlarni ustuvor topshirish — tez va kutishlarsizHavo kemasiga birinchilardan bo‘lib chiqish — qo‘l yukini bo‘sh javonlarga qulay joylashtirish imkoniyatiXizmatni faollashtirish uchun ro‘yxatdan o‘tish hududidagi Priority peshtaxtasiga yaqinlashish, xizmat haqini to‘lash va o‘tish taloniga Priority stikerini olish lozim. Samolyotga chiqishda ushbu stikerni aviakompaniya xodimiga ko‘rsatish kifoya.Toshkent aeroportida to‘lov ro‘yxatdan o‘tish hududida joylashgan Centrum Air aviakassasida amalga oshiriladi.Priority xizmati bir yo‘lovchi uchun parvozga kamida 24 soat qolganda to‘langanda 144 000 so‘m ($12) etib belgilangan. Kechroq to‘lov qilinganda xizmat qiymati 20% ga oshadi.Priority xizmati ayniqsa yo‘lovchi oqimi ko‘p bo‘lgan Dubay, Moskva, Frankfurt, Toshkent, Tbilisi kabi aeroportlarda juda qulaydir. Bundan tashqari, xizmat Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha boshqa aeroportlarda ham mavjud. Muayyan aeroportda xizmat ko‘rsatish tafsilotlarini aviakompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasidagi vakilidan aniqlashtirish mumkin.
23 May, 2026

2026-yil 12-may kuni Guanchjouda Centrum Air aviakompaniyasining Xitoy turizm sohasi vakillari bilan professional uchrashuvi – Airline Product Briefing Seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir besh yulduzli Jianguo mehmonxonasida aviakompaniyaning mintaqadagi hamkori – Oriental Sky Aviation koʻmagida tashkil etildi.Seminarda turizm biznesining 120 dan ortiq vakillari: turoperatorlar, chipta sotish boʻyicha onlayn platformalar hamda korporativ trevel-menejerlar (TMC) jam boʻldi. Ishtirokchilarning aksariyati Guanchjoudan boʻlishiga qaramay, tadbirga boʻlgan qiziqish Guandun provinsiyasi doirasidan chiqib ketdi – uchrashuvga Pekin, Chansha va Xitoyning boshqa shaharlaridan ham agentlar tashrif buyurdi.Seminar davomida ishtirokchilarga aviakompaniya mahsuloti haqida batafsil maʼlumot berildi: • Centrum Air yoʻnalishlar tarmogʻi va floti • Biznes-klass va bortdagi xizmat koʻrsatish standartlari • Toshkent va Oʻzbekistonning turistik salohiyati • Amaldagi parvozlar jadvali va tariflar tuzilmasi • Band qilish tizimi va guruhli buyurtmalar siyosati • OSA API orqali integratsiyaSeminar Xitoy bozorida Oʻzbekistonga boʻlgan turistik qiziqish barqaror ekanini yana bir bor tasdiqladi. Pekindan Chanshagacha boʻlgan hududlardan ishtirokchilarning kelishi Centrum Air aviakompaniyasining Xitoydagi salohiyatli yoʻlovchilari auditoriyasi faqat bitta mintaqa bilan cheklanib qolmasligidan dalolat beradi.
20 May, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan