. UZS

Centrum Air sayohatning har bir bosqichida, shu jumladan parvoz vaqtida ham, qulaylik va tafsilotlarga e’tibor bilan g‘amxo‘rlik qiladi. Endilikda Toshkentdan amalga oshiriladigan xalqaro reyslarda yo‘lovchilarga turli ta’m, did va ovqatlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan 9 xil maxsus taom turi taqdim etiladi.
O‘zimizning o‘zbek palovimizdan tashqari, bortda har bir yo‘lovchi didiga mos taomni tanlashi uchun mo‘ljallangan yangi, puxta o‘ylangan va mazali taomlar paydo bo‘ldi — bu yengil mevali assorti, glyutensiz menyu yoki ziravorlarga boy hind taomi bo‘lishi mumkin.
Yangi menyu variantlari bilan tanishing:
1. Osiyocha vegetarian taom
Makaron, brokkoli va pishirilgan pomidor garnirli uzum bargidan do‘lmalар, pishloqli gazak, sabzavotli salat, ziravorli bulоchka hamda limon va sutli pirojnoe.
Narxi: 150 000 so‘m
2. Bolalar uchun taom (2–12 yoshgacha)
Tovuq ruletti, pishloq, grek salati, sabzavotli guruch garnirli qarsildoq tovuq qalamchalari, «Brauni» keksi, olma va sharbat.
Narxi: 195 000 so‘m
3. Diabetik taom
«Parvoz» kolbasasi va tovuq ruletidan tayyorlangan go‘shtli gazak, pishloqli gazak, «Sezar» salati, qaynatilgan grechka va pishirilgan pomidor garnirli parranda go‘shti filesi, glyutensiz non, limonli shirinlik.
Narxi: 210 000 so‘m
4. Mevali assorti
Yangi pishirilgan kruassan, olma va apelsin bo‘laklari, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, yong‘oq), murabbo va limon.
Narxi: 135 000 so‘m
5. Glyutensiz taom
Mol go‘shti va parranda go‘shtidan tayyorlangan sovuq gazak, sabzavotli salat, mol go‘shtidan bayramona palov, mavsumiy mevalardan tayyorlangan desert.
Narxi: 210 000 so‘m
6. Hindcha taom
Sovuq gazaklar (parranda go‘shti, ikki xil qattiq pishloq), sabzavotli salat, «Chicken Chili» issiq taomi, tovuq filesi solingan qatlamali pirog va «Brauni» keksi.
Narxi: 180 000 so‘m
7. Qat’iy vegetariancha taom
Sabzavotli salat, meva bo‘laklari, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, bodom, yong‘oq), ziravorlar, salqin va issiq ichimliklar.
Narxi: 120 000 so‘m
8. Laktozasiz taom
Sabzavotli salat, «Hindi» sabzavotli ragu, mavsumiy mevalardan tayyorlangan desert, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, bodom, tozalangan yong‘oqlar).
Narxi: 135 000 so‘m
9. Milliy menyu
Narxi: 180 000 so‘m
Maxsus ovqatni qanday buyurtma qilish
Parvozni imkon qadar qulay o‘tishi uchun maxsus ovqatni oldindan buyurtma qiling. Buni bir necha usulda amalga oshirish mumkin:
Chipta bron qilayotganda
Reys va tarifni tanlaganingizdan so‘ng «Maxsus ovqat» bandini belgilang va ro‘yxatdan mos variantni tanlang.
Chipta xarid qilingandan keyin
Agar chipta allaqachon rasmiylashtirilgan bo‘lsa, buyurtmani centrumair.com saytining «Bronni boshqarish» bo‘limi orqali, Centrum Air mobil ilovasi orqali yoki qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanib, bron raqami va istalgan menyuni ko‘rsatgan holda qo‘shing.
Sayyohlik agentligi orqali
Agar chipta hamkor agentlik orqali xarid qilingan bo‘lsa, menejeringizga maxsus ovqat qo‘shish zarurligini bildiring — agent bronlashga o‘zgartirish kiritadi.
Muhim! Maxsus taomlar
Maxsus taomlar xizmati tanlangan tarif shartlariga ko‘ra taqdim etiladi. Base va Optimal tariflarida xizmat pulli hisoblanadi, Comfort tarifida esa bepul taqdim etiladi.
2 soatgacha bo‘lgan reyslarda yo‘lovchilarga faqat salqin ichimliklar va yengil tamaddilar taklif etiladi. Bunday reyslarda maxsus menyuni buyurtma qilish imkonsiz.
2 soatdan uzun reyslarda maxsus menyuni parvozdan kamida 24 soat avval buyurtmangizni rasmiylashtirish orqali sotib olishingiz mumkin.

Centrum Air aviakompaniyasi ayrim xalqaro yoʻnalishlarda yoqilgʻi yigʻimlariga tuzatishlar kiritilganini maʼlum qiladi. Mazkur qaror jahon bozorlarida aviatsiya yoqilgʻisi narxining sezilarli darajada oshishi munosabati bilan qabul qilindi.Oʻzgarishlar yoqilgʻi narxining dinamikasi operatsion xarajatlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan bir qator muntazam yoʻnalishlarga tegishlidir. Yoqilgʻi yigʻimining korreksiyalanishi ortib borayotgan xarajatlarni qisman qoplash va parvozlar dasturining barqaror bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.Shu bilan birga, aviachiptalarning bazaviy tariflari raqobatbardoshligicha qoladi, kiritilgan oʻzgarishlar esa cheklangan xarakterga ega boʻlib, faqat ayrim belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qoʻllaniladi. Aviakompaniya xarajatlarni optimallashtirish va yoʻlovchilar uchun tashuvlar narxiga tashqi omillar taʼsirini minimallashtirish choralarini koʻrmoqda.Centrum Air taʼkidlashicha, ushbu qaror parvozlar jadvali barqarorligini saqlash, parvozlar xavfsizligining yuqori darajasini qoʻllab-quvvatlash va aviatsiya yoqilgʻisi narxlari oʻzgaruvchan boʻlgan sharoitda operatsion faoliyat uzluksizligini taʼminlash imkonini beradi.
3 Aprel, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi 30-mart kuni Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, rasman o‘zining birinchi Yevropa yo‘nalishini ochdi. Reysning yo‘lga qo‘yilishi aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.Birinchi reys munosabati bilan aeroportda yo‘lovchilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi: mehmonlar bayramona bezaklar, tort va shirinliklar bilan qarshi olindi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidladi. Inauguratsiya marosimida O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsuli Miranshoh Raupov, Fraport vakili – aviakompaniyalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Kristina Morat, Swissport vakili Hikmet Karakelle, Sky Line Air Services – GSA Centrum Air vakili Mohamed Bayoumi, shuningdek, Centrum Air mintaqaviy vakolatxonalari va xorijiy idoralari koordinatori O‘tkur Alimov ishtirok etdi.Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy Airbus A321neo havo kemalarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, ishbilarmonlik va turistik safarlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
3 Aprel, 2026

31-mart kuni Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ining asosiy nuqtalaridan biri bo‘lgan Toshkent – Moskva (Sheremetyevo) yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilishining bir yilligini nishonlamoqda.Parvozlar yo‘lga qo‘yilgan vaqtdan boshlab ushbu reys shunchaki muntazam aviayo‘nalish emas, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi shaharlar, oilalar va ishbilarmonlik aloqalarini bog‘lovchi mustahkam havo ko‘priziga ham aylandi.Faoliyatning birinchi yili davomida aviakompaniya Sheremetyevoga 296 ta reys va 296 ta ortga qaytish parvozini amalga oshirib, parvozlar barqarorligi va muntazamligini ta’minladi. Yo‘nalish bo‘yicha umumiy yo‘lovchi oqimi har ikki tomonga 106 780 kishini tashkil etdi, osmondagi umumiy vaqt esa 2 678 soatga yetdi. Mazkur yo‘nalish yil davomida yuqori talabni saqlab qolib, ikki davlat o‘rtasidagi shaxsiy va xizmat safarlari uchun muhimligini tasdiqladi.Yil davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Yo‘nalishda Sheremetyevo aeroportida onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi, qo‘shimcha bagaj sotib olish imkoniyatlari kengaytirildi, uy hayvonlarini tashish imkoniyati yaratildi, shuningdek, ustuvor ro‘yxatdan o‘tish (priority check-in) xizmati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur shart-sharoitlar Sheremetyevo aeroporti xizmatlari bilan samarali hamkorlik natijasida yaratildi va aviakompaniya bu qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiradi.Bundan tashqari, bortdagi servis ham kengaytirildi. Yo‘lovchilar uchun chipta sotib olish jarayonida maxsus taomlarni tanlash (9 xil turdagi) imkoniyati yaratildi, shuningdek, parvoz vaqtida film ko‘rish, yangiliklar va jurnallar o‘qish, gazak va ichimliklar xarid qilish imkonini beruvchi tizim joriy etildi.Birinchi yil yakunlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish barqaror yo‘lovchi oqimini namoyon etib, Centrum Air xalqaro tarmog‘ining muhim qismiga aylandi.Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish sifati, reyslar muntazamligi va yo‘lovchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga ustuvor ahamiyat bergan holda yo‘nalishni yanada rivojlantirishda davom etmoqda.
31 Mart, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan