. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

blog

O‘zbekiston13 Iyun, 2025

Siz – Toshkent markazidasiz

Toshkent bilan shoshmasdan tanishish kerak – bozorda bir piyola choy, sohil bo‘ylab sayr va har bir eshik ortida yashiringan tarix. Bu yerda teleminoraga chiqish, dunyodagi eng qadimgi Qur’onni ko‘rish, ulkan qozondagi palovni tatib ko‘rish va shaharning ovozini eshitish mumkin. Ushbu qo‘llanmadan foydalaning – va siz Toshkentni eng yorqin, mazali va jonli ko‘rinishda kashf etasiz.



TOP-20  


1. Chorsu bozorida savdolashish.



2. Metroning Alisher Navoiy, Mustaqillik maydoni, Kosmonavtlar, Paxtakor bekatlariga tushish.



3. Hazrati Imom majmuasida dunyodagi eng qadimiy Qur’oni karimni ko‘rish.



4. Oppoq Minor masjidi goʻzalligidan bahra olish.



5. Mustaqillik maydoniga nazar tashlash. 



6. Toshkent teleminorasida 110 metr balandlikka ko‘tarilish.



7. Magic City, Tashkent City bogʻlari yoki Seul Mun savdo markazida kechki favvoralar shousidan zavqlanish.



8. Navro‘z etnobog‘idagi hunarmandlar do‘konlarini kashf qilish.



9. Anhor sohili boʻylab sayr qilish va suv kaskadlarini ko‘rish.



10. Toshkent modernizmi bilan tanishish.



11. «Toshkentdan gapiramiz» ekskursiya-promenadi yoki «X-places Tashkent» hamjamiyati ekskursiyasiga chiqish.



12. Islom sivilizatsiyasi markazi – muzey, kutubxona, hunarmandchilik markaziga tashrif buyurish.



13. Human House mahorat darsiga kirish.



14. Amaliy san’at muzeyida boʻlish.



15. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zali yoki Oʻzbekiston tarixi muzeyiga (vaqtincha rekonstruksiyada) tashrif buyurish.



16. Besh Qozon Osh markazida palovxontoʻradan tatib koʻrish yoki Osh muzeyida ulkan qozonlarda palov tayyorlanishini kuzatish.



17. Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatriga tushish.



18. Osmonoʻpar binolar va restoranlar joylashgan zamonaviy Toshkent-City mavzesi boʻylab sayr qilish.



19. Bogʻlardan biri – Yapon bogʻi, Moviy gumbazlar sayilgohi, Mustaqillik maydonida sayr qilish.



20. Yangiobod eski-tuski buyumlar bozoridan antiqa va gʻaroyib narsalarni sotib olish.




Toshkent tashqarisida TOP-4 mashgʻulot


21. 2290 m balandlikdagi Amirsoy togʻ-changʻi kurortiga koʻtarilish.



22. Maftunkor Chimyon togʻlari bagʻridagi lojuvard suvli Chorvoq suv ombori goʻzalligidan bahra olish.



23. Uzumfermer uzumzorlariga borish va oʻzbek vinochilik sanoati haqida koʻproq bilib olish.



24. Quyosh institutidagi noyob quyosh pechini koʻrish va tomosha maydonchasiga koʻtarilish.




Nimalarni tatib koʻrish mumkin


- Toshkent oshi;

- Tandir somsa;

- Chorsu bozori rastalaridagi taomlar;

- Sarxil meva va rezavorlar;

- Kaboblar.



Nimalarni olib kelish mumkin


- Teplo Store hududidan mahalliy brendlar mahsulotlari;

- Milliy naqsh tushirilgan to‘n;

- Historia De Kubra brendidan premial choy;

- Milliy naqshli idishlar;

- Qo‘lda tayyorlangan Qand shirinliklari.