. UZS

blog

Aeroportlar16 Yanvar, 2026

Sochi xalqaro aeroporti: Janubning havo darvozasi

Sochi sayohati dengizga yetib bormasdan oldin – tog‘lar, texnologiyalar va janubona mehmondo‘stlik bir nuqtada uyg‘unlashgan aeroportdan boshlanadi. Olimpiada uchun yangilangan, xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan va yashillik bilan o‘ralgan Sochi aeroporti shaharga yetib kelishdan ancha oldin sayohat kayfiyatini belgilaydi.



Samarqand → Sochi 1,3 mln so‘mdan



Sochi xalqaro aeroporti – Rossiya janubidagi eng muhim aviabandargohlardan biri:


- 2014-yilda XXII qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida modernizatsiya qilingan;
- Maydoni: 65 ming m² dan ziyod;
- 2024-yilda 13,7 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi;

- Sochi markazidan ≈ 30 km, Adler markazidan esa ≈ 4 km uzoqlikda joylashgan.



Aeroport Sochining faxriy fuqarosi, ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni, uchuvchi-kosmonavt Vitaliy Sevastyanov nomini olgan. U «Rossiyaning buyuk ismlari» loyihasi doirasidagi umumrossiya ovoz berishida tanlangan.





Sochi aeroporti – bu:


- 58 ta ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi (undan tashqari, 3 tasi bagajsiz ro‘yxatdan o‘tish va 2 ta o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish peshtaxtasi);

- 30 ta bortga chiqish yo‘lagi;

- butun terminal bo‘ylab bepul Wi-Fi;

- biznes zallar, yuqori qulayliklar zali va VIP-terminal;

- maxsus ajratilgan yo‘lak orqali parvoz oldi tekshiruvidan ustuvor o‘tish imkonini beruvchi Fast Track xizmati;

- umumiy hududda bepul ona va bola xonasi hamda bolalar o‘yin maydonchalari.





Sochi aeroporti:


- Airport Service Quality xalqaro tadqiqoti natijalariga ko‘ra Yevropada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha eng yaxshi aeroport;

- 2022-yilda Skytrax audit kompaniyasi tadqiqoti natijalariga ko‘ra «4 yulduz» sertifikatiga ega;

- «Rossiya qanotlari» mukofotining «Yil aeroporti» nominatsiyasi sovrindori (2014, 2020, 2023, 2024).





Aeroportda GigaChat SI-yordamchisi faoliyat yuritadi. U, masalan, ona va bola xonasi qayerda joylashgani yoki kerakli ma’lumot peshtaxtasiga qanday borish mumkinligi kabi har qanday savollarga javob beradi. Shunchaki QR-kodni skanerlang.





Sochi aeroporti – Rossiyadagi eng «yashil» aeroport: uning hududida 300 mingdan ortiq o‘simlik o‘sadi. Ichki hovli – «Favvorali bog‘»ni albatta tomosha qiling (13–16-chi chiqishlar yonidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor bering).





Bu qiziq!


Aeroport shimoli va shimoli-sharqidagi tog‘ kabi tabiiy to‘siqlar sabab parvoz va qo‘nish faqat Qora dengiz tomoni orqali amalga oshiriladi.



Materialni tayyorlashda ko‘rsatgan yordami uchun Sochi xalqaro aeroportiga minnatdorchilik bildiramiz.


Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari