
Joylar • 27 Oktabr, 2025
Siz – Sochi markazidasiz
Sochi – bu dengiz va tog‘lar mukammal uyg‘unlashgan shahar. Bu yerda siz plyajda quyoshda toblanib, bir soatdan so‘ng Kavkazning qorli cho‘qqilariga qoyil qolishingiz mumkin. Olimpiya bog‘ida sayr qiling, bulutlar ustidan sakrab adrenalin his eting va eng yangi dengiz mahsulotlaridan tatib ko‘ring. Centrum Air’ning ushbu marshruti sizni Sochi, Adler va Qizil Polyananing eng go‘zal maskanlari – dengizdan osmongacha olib boradi.
Aeroportdan 4 km uzoqlikdagi Adlerda TOP mashgʻulotlar
1. Sochi Discovery World Aquarium – Rossiyaning janubiy sohilidagi eng katta okeanariumga tashrif buyurish.

2. «Sochi park» mahalliy Disneylendida kunni maroqli o‘tkazish.

3. Olimpiya bog‘i boʻylab sayr qilish.

4. «Formula-1» Gran-prisining 8 bosqichi bo‘lib o‘tgan «Sirius Avtodrom»da o‘zingizni poygachidek his qilish.

Aeroportdan 36 km uzoqlikdagi Sochida TOP mashgʻulotlar
5. Oppoq yelkanli yaxtalar va Dengiz vokzalining millionlab suratlarini olish.

6. «Riviera» bog‘idagi Do‘stlik maydoni, attraksionlar, mineral suvli byuvet, Okeanarium va qahvaxonalarda butun kunni oʻtkazish.

7. Katta Sochi delfinariysida delfinlar shousini olqishlar bilan tomosha qilish.

Aeroportdan 45 km uzoqlikdagi Krasnaya Polyanada TOP mashgʻulotlar 8. Sky parkda asablarni junbushga keltirish: 69 yoki 207 metrli Bungyʼdan sakrash, ziplayn yoki Megatroll, yuksaklikdagi Sochiswing arogʻimchogʻida uchish. 9. «Krasnaya Polyana», «Roza Xutor» va «Gazprom Polyana» kurortlari boʻylab ekskursiyaga chiqish. 10. Mzymta daryosi qirgʻogʻidagi manzarali sohilbo‘yi va Etnosadok qishlogʻidagi ratushali Roza maydoni boʻylab sayr qilish. 11. Tog‘lardagi kanat yo‘llaridan biriga chiqish. 12. Kurortning bulutlardan baland cho‘qqilariga koʻtarilish va 2330 metrli «Roza Pik» yoki 1100 metr yuksaklikdagi Tog‘ Olimpiya qishlog‘i tomosha maydonchalaridan Kavkaz togʻlarining panoramali manzarasini kuzatish. 13. Turli uslublardagi binolar boʻlgan «Moya Rossiya» etnobogʻiga kirib oʻtish. 14. Roza Pikda bulutlar ustidagi osma ko‘prikdan yurib, oʻzingizni sinash. 15. Tog‘larda terrenkurlar (salomatlik yo‘laklari) bo‘ylab yurish. Qora dengiz sohilida TOP mashgʻulotlar 16. Plyajda piknik uyushtirish. 17. Qirgʻoqlarni kashf qilayotganda yoki kema sayohatida musaffo dengiz havosidan toʻyib nafas olish. 18. Dengiz, tog‘ daryosi yoki forel xo‘jaligiga baliq oviga borish. 19. Sochidagi «Dendrariy», Adlerdagi «Janubiy madaniyatlar», Kudepsta qishlog‘idagi Dendropark kabi betakror bog‘lar go‘zalligidan bahramand bo‘lish. 20. Tog‘larda yoqqan mashg‘ulotni tanlash: piyoda yurish, otliq yoki velosiped sayrlari, kvadrotsikllar, SPA. 21. X. G. Shaposhnikov nomidagi Kavkaz davlat tabiiy biosfera qo‘riqxonasiga tashrif buyurish – marshrutlar bir necha soatdan haftalik yurishlargacha. 22. Sochi yoki Adler bozorida mazali mahalliy mahsulotlarni sotib olish. 23. «Matsesta»dagi eng katta balneologik kurortda salomatlikni tiklash. 24. Mehmon yulduzlarning konsertlariga kirish. Nimalarni tatib ko‘rish kerak: - Rapana va ustritsalar; - Dudlangan yoki qovurilgan barabulka baliqlari; - Forel; - Kabob; - Chebureklar. Nimalarni olib kelish mumkin: - Mahalliy kosmetika va parvarish vositalari, masalan, «Matsesta» yoki «Krasnopolyanskaya kosmetika» brendlaridan; - Quritilgan va dudlangan baliq; - Samsit va archadan yasalgan idish-tovoq va oshxona buyumlari; - «Matsesta choyi» yoki «Xosta-choy»; - Ekvaliptdan shifobaxsh mahsulotlar: qaynatmalar, damlamalar va efir moylari.















