
Joylar • 4 Noyabr, 2025
Siz – Maldiv markazidasiz
Maldiv orollarida hamma narsa boshqacha: yorugʻlik yanada tiniq, nafas chuqurroq, vaqt esa goʻyo dengizga singib ketadi. Bu yerda sarguzasht izlash shart emas – u oʻzi seni topadi, suv ichida tizzagacha turganingda dunyo qanday tinchligini birdan sezgan paytingda. Toʻlqinlar nafas kabi ohista siljiydi, osmon bilan okean esa bitta cheksiz chiziqqa aylanadi. Qolgan yagona narsa – bu joyga fikrlaringni sekinlashtirishga imkon berish.
TOP-14 mashg‘ulot 1. Suv osti dunyosi va atollar goʻzalligidan zavqlanish. 2. Dengiz sayohatiga chiqib, delfinlarni ko‘rish. 3. Oppoq qumli plyajlarda palmalar ostida huzur qilish. 4. 5 yulduzli orol kurortida hordiq chiqarish. 5. Quyosh botishini million marta suratga olish. 6. To‘lqin shovqinini tinglash, yulduzlarni tomosha qilish va yulduz turkumlarini izlash. 7. Okean bo‘yida kino tomosha qilish (sir: adyol, telefon yoki planshetning o‘zi yetadi). 8. Suv sporti turlari bilan shug‘ullanish: yelkanli sport, sapbord, vindsyorfing, gidrotsikllar. 9. Kimsasiz orolda piknik qilish. 10. Baliq oviga chiqish. 11. Massaj yoki SPAga borish. 12. Maldiv poytaxti – Maleni kashf qilish. 13. Manta skatlari yoki toshbaqalar bilan suzish. Skatlarni Hanifaru qo‘riqxonasidan izlang (Baa atolli). 14. Nur taratuvchi planktonni ko‘rish. Faqat ayrim orollarda, masalan, Raa atolidagi Vaadu orolida. Atollar nimasi bilan farq qiladi: - Kaafu – Maldiv orollarining asosiy atoli, poytaxt Male ham shu yerda joylashgan. - Baa – kit akulalari, skatlar va minglab rang-barang baliqlar bilan mashhur Hanifaru suvosti qo‘riqxonasi. - Ari – Maldivning eng katta va eng chiroyli atollaridan biri. - Lavianni – oppoq qumli plyajlar, moviy-firuza lagunalar va ajoyib dayving joylari, shu jumladan, bir nechta cho‘kkan kemalar. - Raa – boy dengiz hayotiga ega koʻplab riflar, Maldivdagi eng yorqin porlaydigan plyajlar va eng yaxshi 5 yulduzli kurortlar. Nimalarni tatib ko‘rish kerak - Dengiz mahsulotlari va baliq; - Mas huni – kokos magʻzi qirindilari, laym sharbati va piyozli dudlangan tunets; - Kokos yong‘oqlari; - Bis keemiya – tunets nachinkali qovurilgan pirojkilar; - Donkeyo Kachuru (Dhonkeyo kajuru) – bananli desert. Nimalarni olib kelish kerak - Bondi – kokos magʻzidan tayoqchalar; - Mevalar – papayya va mango; - Kokos va yog‘ochdan yasalgan buyumlar – taqinchoqlar, sumkalar, oynalar, ro‘zg‘or buyumlari; - Maldiv qamish gilamlari.













E’tiborli bo‘ling: chig‘anoq, toshbaqa po‘stlog‘i va korallarni olib chiqish taqiqlangan!