. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

blog

Joylar23 Sentabr, 2025

Siz – Jidda markazidasiz

Jidda – qadimiy an’analar zamonaviylik bilan uchrashadigan shahar, bu yerda Makka ziyoratini dengiz sayohati bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Centrum Holidays va Kompasning «Umra + Qizil dengiz kruizi» turi noyob imkoniyat yaratadi: ummani eng qulay sharoitlarda ado etish va Aroya Cruises laynerida unutilmas safarga chiqish. Sizni ma’naviy ilhom, sharqona mehmondo‘stlik va premium darajadagi dam olish kutmoqda.



1. Qirol Fahd favvorasi suv shousidan zavqlanish – uning oqimlari 312 metr balandlikka chiqadi!




2. 30 km uzunlikdagi Kornish sohil yoʻlagi boʻylab sayr qilish.




3. Al-Shallal mavzuli bogʻidagi attraksionlar, tepaliklar va muz maydonchasida oʻzingizni boladek his qilish.




4. Jiddaning betakror plyajlarida hordiq chiqarish.




5. Qizil dengizda snorkling va dayving qilish: bu yerda 300 xil marjon, 1000 dan ortiq baliq turi va gʻarq boʻlgan kemalar mavjud.




6. Fakih akvariumida (Fakieh Aquarium) Qizil dengiz jonivorlarini tomosha qilish.




7. Jiddah Mall, Jeddah Park savdo markazlari va Tahlia Street koʻchasidagi xaridlarda vaqtni unutish.




8. Jiddaning eng qadimiy bozori boʻlmish Souq Al Alawi yoki Badaviy bozorida suvenirlar sotib olish.




9. Jiddaning qalbi va YuNESKO Butunjahon merosi obyekti boʻlgan Al-Balad tarixiy tumani boʻylab sayr qilish.




10. Savdogar Nassifning muzey va madaniyat markaziga aylantirilgan uy-muzeyini tomosha qilish.




11. Oʻymakor yogʻoch ayvon va eshikli qadimiy xonadonlar, masalan, Matbuli yoki Sharbatli uylarining millionlab suratlarini olish.




12. «Suzuvchi» Al-Rahma masjidi ajoyibotini his qilish – bu yer toʻlqin koʻtarilganida suzayotgandek tuyuladi, shuningdek qadimiy Al-Shafii va Al-Mimar masjidlarini ziyorat qilish.




13. 300 dan ortiq zallarga ega Xalqaro Al Tayebat fan va axborot muzeyida Jidda va Islom tarixini oʻrganish.




14. Jeep yoki kvadrotsikllarda sahro safarisiga chiqish.




15. Jiddadan 32 km uzoqlikda joylashgan va dunyodagi eng baland bino boʻlishga daʼvogarlik qilayotgan Jeddah Tower osmonoʻpar binosi qurilishiga nazar tashlash.




16. Dunyodagi eng baland 133 metrli Jeddah Light mayogʻidan zavqlanish.




17. Atallah Happy Land bogʻidagi tomosha charxpalagidan shahar manzarasini tomosha qilish.




18. Makkada Umra ziyoratini ado etish (Jiddadan 90 km dan kamroq masofa).




Centrum Umra’dan «Umra + kruiz» maxsus taklifi


Makka ziyorati va Qizil dengiz boʻylab Aroya Cruises'ning halol standartlar boʻyicha oila konsepsiyasidagi qulay laynerida kruiz sayohati.


- Eng qulay sharoitlarda Umra;

- Kruiz marshruti: Jidda – Jabal as-Sabaya (Misr) – Jidda;

- «Hammasi kiritilgan» tizimi boʻyicha yashash, halol taomlar, premium toifasidagi xizmatlar.


Aloqa uchun:

@umrauzb 

@kompas_uzbekistan  

+998 (90) 976-97-99



Nimalarni tatib koʻrish mumkin? 


- qizil dengizning yangi neʼmatlari;

- sayadiya – baliq va guruchdan ziravorli taom;

- kabsa – guruch va ziravorli goʻsht;

- kunafa deserti;

- maamul – xurmo va yongʻoq nachinkali pishiriq.



Nimalarni olib kelish kerak?


- kardamonli arab qahvasi;

- xurmolar;

- mahalliy atirlar;

- taqinchoqlar;

- yaqinlar uchun joynamozlar.