. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

blog

Joylar27 Oktabr, 2025

Siz – Grozniy markazidasiz


Grozniy – bu tarix va zamonaviylik yuzma-yuz uchrashadigan shahar. Bu yerda minoralar osmono‘par binolarning oynavand devorlarida aks etadi, bog‘lar tog‘lar bilan uyg‘unlashadi, an’analar esa yangi davr ohangida yashaydi. Ushbu yo‘nalish sizni Checheniston poytaxtining eng yorqin joylari bilan tanishtiradi – ulug‘vor Chechen yuragi masjididan va tog‘ ko‘li Kezenoy-Am’dan tortib teatrlar, bulvarlar va milliy taomlarning jozibali hidlarigacha.



1. Mintaqaning asosiy ziyoratgohi – «Chechen yuragi» masjidining hashamati va go‘zal bezaklariga baho berish.



2. «Grozniy-Siti» kuzatuv maydonchasida shahar manzarasidan zavqlanish.



3. Kavkazdagi eng yirik savdo markazlaridan biri – «Grozniy Moll»da shopping qilish.



4. Chernorechensk suv omborida dam olish, yorug‘lik va musiqa uyg‘unligidagi favvorani tomosha qilish.



5. 150 ming tup gul ekilgan Gullar bog‘i goʻzalligidan bahra olish.



6. Eng ko‘p restoranlar joylashgan va yagona piyodalar ko‘chasi – Mahmud Esambaev bulvari bo‘ylab sayr qilish.



7. Xanpasha Nuradilov nomidagi Chechen davlat drama teatri yoki Grozniy rus drama teatrida spektakl tomosha qilish.



8. Shimoliy Kavkazdagi eng yirik Grozniy delfinariysidagi tomoshani ko‘rish.



9. «Axmat Arena» stadionida o‘yin tomosha qilish yoki ekskursiyada ishtirok etish.



10. Shimoliy Kavkazdagi eng katta avtodrom – «Grozniy qal’asi»dagi poygalarni kuzatish.



11. Istirohat bogʻlaridan birida, masalan, Xuseyn ben Talal nomidagi parkda sayr qilish.



12. Tunda Grozniy bo‘ylab yurib, badiiy yoritilgan manzaralardan hayratlanish.



13. Chechen Respublikasi Milliy muzeyida mintaqa tarixini chuqurroq o‘rganish.



14. Axmat Qodirov nomidagi Davlat galereyasida amaliy-bezak san’ati asarlarini tomosha qilish.



15. «Osmonga zinapoya» kuzatuv maydonchasi balandligidan chiroqlar jilvasiga koʻmilgan tungi Grozniyga nazar tashlash.



16. Ingliz qal’asi fonida hayratlantiruvchi suratlar olish.




Grozniydan tashqarida bajariladigan TOP yumushlar


17. «Veduchii» to‘liq mavsumli kurortida dam olish.



18. Shimoliy Kavkazdagi eng katta tog‘ ko‘li – Kezenoyamning millionlab suratlarini olish.



19. Argun darasidan o‘tish va Nixaloy sharsharalarini tomosha qilish.



20. Shali shahrida dunyodagi eng yirik masjidlardan biri – «Musulmonlar faxri»ni o‘zbekistonlik mutaxassislar loyihalashtirganini bilib olish.




Nimalarni tatib ko‘rish kerak:


- Kaboblar;

- Xingalsh – qovoq solingan nonlar;

- Xoltmas – chuchvara yoki mantiga o‘xshash taom;

- Jijig-galnash – go‘sht va uzma xamirli taom.



Nimalarni olib kelish kerak:


- Chechen xolvasi (deman-xovla);

- Cheremsha – «chechen sarsabili (sparja)»dan tayyorlangan mahsulotlar;

- Latun va metallardan yasalgan taqinchoqlar;

- Qo‘y junidan chechen shapka-papaxasi;

- Milliy naqshli istangi gilamchalari.


📥 Grozniy bo‘yicha chek-list