. UZS

blog

Joylar10 Dekabr, 2025

Siz – Frankfurt-Mayn markazidasiz

Frankfurt-na-Mayn — bu qadimiy tomlar shisha osmono‘par binolarda aks etadigan, qahva hidi tarix nafasi bilan aralashadigan shahar. Bu yerda g‘oyalar tug‘iladi, kitoblar chop etiladi va simfoniyalar yangraydi. Römerberg maydoni bo‘ylab yuring, eski shahar havosini his eting va Main Tower cho‘qqisiga ko‘tarilib, o‘tmish bilan kelajak Mayn daryosi ustida qanday uchrashishini tomosha qiling.



Shahardagi TOP mashg‘ulotlar


1. Faxverk uslubida qurilgan «pryanik uylar» va Römerberg maydonidagi Ratusha fonida millionlab suratlar olish.



2. 1562-yildan boshlab Muqaddas Rim imperiyasi imperatorlariga toj kiydirilgan Frankfurt Avliyo Varfolomey sobori (Kaiserdom St. Bartholomäus)ga tashrif buyurish.



3. Gyote uy-muzeyini ziyorat qilish.



4. Mayn daryosi qirgʻogʻidagi Muzeylar sohilbo‘yida (Museumsufer) o‘zingizga yoqqan muzeyni tanlash – bu yerda ularning soni 20 dan ortiq.



5. Shtedel muzeyi (Städel Museum) boʻylab sayr qilish.



6. Main Tower osmono‘par binosi kuzatuv maydonchasida shahar manzarasidan zavqlanish.



7. Shaharning bosh maydoni Hauptwache’ga borish, tarixiy qahvaxonada o‘tirish va yer osti piyodalar terrasasidagi do‘konlarni aylanish.



8. Velosiped yo‘nalishlaridan birida gid bilan yoki mustaqil ravishda sayr qilish.



9. Zeil savdo ko‘chasi va MyZeil savdo markazida shopping uyushtirish.



10. Kleinmarkthalle bozoridan mahalliy mahsulotlar xarid qilish.



11. Frankfurter Wertpapierbörse birjasidagi bepul ekskursiyada qatnashish. Birja qarshisiga bozor ramzlari – ayiq va buqalarning bronza haykallari o‘rnatilgan.



12. Shinamgina Frankfurt Zoo hayvonot bog‘i boʻylab sayr qilish.



13. Germaniyadagi eng yirik muzeylardan biri bo‘lgan Senckenberg tabiat tarixi muzeyidagi (Naturmuseum Senckenberg) haqiqiy dinozavr skeletlarini ko‘rib hayratlanish.



14. Alt-Sachsenhausen tumani sayridan zavqlanish yoki qayta tiklangan «qadimiy» uylar joylashgan Neue Frankfurter Altstadt mavzesi bo‘ylab sayohat qilish.



15. Qayta tiklangan Alte Oper (Eski opera) binosiga konsertga borish.



16. Palma bogʻi (Palmengarten) va Frankfurt botanika bog‘ida flora qirolligi boʻylab sayohat qilish.



17. Mayn daryosi boʻylab kemada sayrga chiqish.



18. Aeroportdagi Aussichtsplattform Zeppelinheim maxsus kuzatuv maydonchasida samolyotlarning uchish-qo‘nishini tomosha qilish.



19. Shaharning ko‘plab festivallaridan biriga – Museumsuferfest (Muzeylar sohilbo‘yi festivali), Mainfest va boshqalarga tashrif buyurish.




Shahar tashqarisidagi TOP mashg‘ulotlar


20. Qo‘shni shaharlar – Kyoln, Shtutgart, Bonn, Karlsrue va boshqalarni tomosha qilishga borish.



21. Yaqin atrofdagi qadimiy qal’alar – Castle Steinau, Marburg Castle, Burg Eltz va boshqalarni kashf qilish. 





Nimalarni tatib ko‘rish mumkin


- Frankfurter Grüne Soße – smetana yoki mayonez asosidagi ko‘katli sous;

- Handkäse mit Musik – qatiqdan tayyorlangan pishloq;

- Bethmännchen – bodomli qumoq pechenye va Frankfurter Brenten – frankfurtcha marsipanli pryanik.



Nimalarni olib kelish mumkin


- Bembel – ichimliklar uchun sopol ko‘za;

- Mahalliy ustalardan suvenirlar – sopol, charm buyumlar va zargarlik mahsulotlari;

- Höchst brendining chinni buyumlari.




Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari