
Maslahatlar • 17 Oktabr, 2025
BAAda dam olish mavsumini qanday tanlash kerak
Birlashgan Arab Amirliklariga Centrum Air bilan sayohat - bu sharqona hashamat muhitiga sho‘ng‘ish, zamonaviy arxitekturaning ajoyib yutuqlarini ko‘rish va millionlab sayyohlar qadrlaydigan qulaylikdan bahramand bo‘lish imkoniyatidir. Aviakompaniya bir vaqtning o‘zida ikkita aeroportga - Dubay va Al-Maktumga parvozlarni amalga oshiradi, bu esa sayohatchilarga marshrut tanlashda ko‘proq erkinlik va turli amirliklarda dam olishni rejalashtirishda qulaylik yaratadi.
Biroq sayohat faqat yoqimli taassurot qoldirishi uchun uning vaqtini to‘g‘ri tanlash muhimdir. BAA iqlimi yilning ko‘p qismida bashorat qilinadigan va turizm uchun qulay bo‘lib qoladi. Bu yerda deyarli yomg‘ir yog‘maydi, quyosh esa yiliga 350 kundan ortiq porlab turadi.
Barqaror ob-havo tufayli mamlakat ikkita asosiy dam olish mavsumlarga bo‘linadi - yuqori mavsumga (oktyabr - aprel) va past mavsumga (may - sentyabr). Harorat, namlik va hatto shamollarning kuchi oyma-oy o‘zgarib turadi. Bu plyajda dam olish, shahar bo‘ylab sayr qilish yoki sahroda safari qanchalik qulay bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ongli tanlov qilish uchun har bir mavsumning o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqish va bir mavsumning boshqasidan farqini tushunish lozim.
Yuqori mavsumi (oktyabr - aprel)
Oktyabrdan aprelgacha Amirliklarida sayohat qilish uchun eng qulay davr boshlanadi. Havo harorati +25°C dan +30°C gacha ko‘tariladi, Fors ko‘rfazidagi suv harorati iliq bo‘lib qoladi - taxminan +24°C dan +27°C gacha, kechalar esa salqin va sayr qilish uchun yoqimli bo‘ladi. Bu davr plyajda dam olishni boy ekskursiya dasturi bilan uyg‘unlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun juda mos keladi.
Mo‘tadil iqlim tufayli sahroga sayohatlar, Sharjaning tarixiy mahallalari bo‘ylab sayrlar, Abu-Dabining me’moriy diqqatga sazovor joylariga tashriflar yoki qum tepaliklari bo‘ylab safarilarni rejalashtirish mumkin. Mahalliy bog‘lar, sohilbo‘yi va savdo markazlari Dubayda sayyohlarga maksimal qulaylik taqdim etib, to‘liq quvvat bilan ishlaydi.
Yuqori mavsumning afzalliklari:
-
barcha yosh guruhlari uchun qulay bo‘lgan mo‘tadil havo va suv harorati;
- kun bo‘yi ochiq havoda vaqt o‘tkazish imkoniyati;
- sayohatlar, safari, suv osti suzishi va qirg‘oq bo‘ylab sayr qilish uchun eng
maqbul sharoitlar;
- ushbu davrda o‘tkaziladigan turli xil tadbirlar va festivallar;
- yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, sayohatlar va ko‘ngilochar tadbirlarning
keng tanlovi.
Yuqori mavsum mamlakatga eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan payt hisoblanadi. Shu sababli, mehmonxonalar va aviachiptalar narxlari yozga nisbatan ancha yuqori bo‘lishiga tayyor turish lozim. Yangi yil va Rojdestvo bayramlariga yaqinlashgan sari yashash narxlari oshib boradi. Oldindan band qilingan sayohatlar sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
Qishda sayyohlar oqimi eng yuqori nuqtaga yetishiga qaramay, muhit qulay bo‘lib qolmoqda. Mehmonxonalar, restoranlar va plyajlar haddan tashqari gavjum bo‘lmay ishlaydi, sayyohlik infratuzilmasi mukammal tayyorlangan. Agar sayohatdan maqsad mamlakatni butun go‘zalligi va faolligi bilan ko‘rish bo‘lsa, bu sayohat uchun eng qulay mavsumdir.
Past mavsum (may - sentyabr)

May oyi kelishi bilan havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, sohil hududlarida esa namlik ortadi. Iyun va iyul oylarida termometr ustuni ko‘pincha +45 °C dan oshadi, ayniqsa kunning o‘rtasida. Tayyorgarliksiz kelgan sayyohlar uchun bunday jazirama issiq haddan tashqari tuyulishi mumkin, biroq bu mavsumning ham o‘ziga xos afzalliklari bor va dam olishni to‘g‘ri tashkil etganda qulay bo‘lishi mumkin.
Bu davrda aksariyat sayyohlar konditsionerli xonalarda vaqt o‘tkazishni ma’qul ko‘radilar. Ulkan savdo markazlari, okeanariumlar, muzeylar va mehmonxonalar quyosh ta’siridan tashqarida dam olish uchun barcha qulayliklarni taqdim etadi.
Past mavsumning afzalliklari:
-
yashash joyi, aviachiptalar va sayohatlar narxlarining sezilarli darajada
arzonlashuvi;
- sayyohlarning kamligi, plyajlar va mehmonxonalardagi osoyishta muhit;
- mehmonxonalar va aviakompaniyalarning jozibador aksiya va takliflari;
- yolg‘izlikdan va bir maromdagi dam olishdan bahramand bo‘lish imkoniyati;
- kechki paytlarda ham cho‘milish mumkin bo‘lgan iliq dengiz.
Yoz oylarini ko‘pincha sokinlikni yoqtiradigan va issiqdan cho‘chimaydigan odamlar tanlaydilar. Ayniqsa, farzandli oilalar yoki uzoq muddat qolishni rejalashtirayotganlar uchun sayohat qilish foydali - turar joy ijarasi va ovqatlanish ham arzonroq bo‘ladi.
Jazirama dam olishga xalaqit bermasligi uchun faollikni ertalabga yoki kechqurunga rejalashtirish lozim. Kunduzi esa bino ichida qolgan ma’qul. Plyajga yopiq o‘tish yo‘laklari, konditsionerli hovuzlar va qulay dam olish hududlari mavjud bo‘lgan mehmonxonalarni tanlash tavsiya etiladi.
Mavsumlararo va o‘tish oylari
May va sentyabr oylarini o‘tish davri deyish mumkin. Bu oylar ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi, holbuki aynan ular sayyohlar oqimisiz qulay sharoitlarda dam olish imkoniyatini beradi.
May oyida harorat allaqachon yozgi ko‘rsatkichlarga yaqinlashadi, ammo issiqlik hali cho‘qqisiga yetmaydi. Dengiz iliq, plyajlar gavjum emas, narxlar ham mo‘tadil. Sentyabr esa issiqlik asta-sekin pasayib, kechqurunlari sayr qilish uchun yoqimli bo‘ladigan payt hisoblanadi.
Mavsumlar oralig‘i qulaylik va tejamkorlik o‘rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun juda qulay. Mehmonxonalar moslashuvchan tariflarni taqdim etadi, sayyohlik infratuzilmasi esa odatdagidek ishlaydi. Plyajlar ortiqcha gavjum emas, sayohat dasturlari esa yanada shaxsiylashtirilgan bo‘ladi.
Bu davrda tashrif buyurgan sayyohlar osoyishta muhit va shovqin-suronsiz dam olish imkoniyatini ta’kidlashadi. Bu jimlikni qadrlaydigan, ammo shu bilan birga o‘ta yuqori haroratdan qochishni istaganlar uchun qulay payt hisoblanadi.
Mavsumlar bo‘yicha narxlar va sayyohlar oqimi

BAAdagi mavsumiylik kurortlarning narxlari va to‘ldirilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori mavsumda (noyabrdan martgacha) mehmonxonalar maksimal darajada band bo‘ladi va xonalar narxi bir yarim-ikki baravarga oshishi mumkin. Bu nafaqat ob-havo, balki shu davrda o‘tkaziladigan ko‘plab festivallar va tadbirlar bilan ham bog‘liq.
Yoz oylarida esa, aksincha, barcha turdagi xizmatlar narxining pasayishi kuzatiladi. Ba’zi besh yulduzli mehmonxonalar uch yulduzli mehmonxonalar narxida yashashni taklif qiladi, sayyohlik firmalari esa 40 foizgacha chegirmali aksiyalar o‘tkazadi.
Mavsumiy narx belgilash xususiyatlari:
-
noyabr-fevralda - eng yuqori tariflar, ayniqsa Dubay va Abu-Dabi sohillarida;
- aprel va oktyabrda - qulay ob-havo sharoitida mo‘tadil narxlar;
- iyundan avgustgacha - eng past narxlar, paket turlar va yashash uchun chegirmalar;
- bayram kunlarida (Yangi yil, Ramazon, Formula 1) narxlar qisqa muddatga
ko‘tarilishi mumkin.
Ushbu o‘zgarishlarni bilgan holda, sayohatni eng ko‘p foyda olish uchun rejalashtirish mumkin. Ko‘p tajribali sayohatchilar dam olishni "o‘tish" oylarida - oktyabr va aprelda band qilishadi, chunki bu paytda ob-havo qulay va narxlar hali eng yuqori nuqtaga yetmagan bo‘ladi.
Tadbirlar mavsumi
Sayohat vaqtini tanlashga ta’sir qiluvchi omillardan biri tadbirlar taqvimining to‘yinganligidir. BAAda butun dunyodan mehmonlarni jalb qiladigan ko‘plab madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.
Eng ko‘p bayramlar qishga va bahor boshiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Amirliklarning hayoti qaynaydi: konsertlar, ko‘rgazmalar, moda namoyishlari va jahon darajasidagi sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Yirik har yillik tadbirlar:
-
Dubai Shopping Festival (yanvar-fevral) - keng miqyosdagi xaridlar,
konsertlar va mushakbozliklar festivali;
- Dubai Food Festival (mart) - turli mamlakatlar taomlarini tatib
ko‘rish mumkin bo‘lgan gastronimiya bayrami;
- Abu-Dabidagi Formula 1 (noyabr) - minglab tomoshabinlar ishtirok
etadigan muhim sport hodisasi;
- BAA Milliy kuni (2-dekabr) - keng ko‘lamli tantanalar va ko‘cha
paradlari;
- Dubai Summer Surprises (iyul-avgust) - bolalar uchun yozgi
chegirmalar, konsertlar va ko‘ngilochar tadbirlar festivali.
Festival davridan so‘ng mamlakat qisqa muddatga "nafas oladi" - yozda hayot binolarga ko‘chadi va oktyabrdan boshlab yangi madaniy tadbirlar silsilasi boshlanadi.
Shuningdek, Ramazon oyini ham hisobga olish kerak - bu musulmonlar uchun muqaddas oy. Bu davrda kunduzi ovqatlanish va ko‘ngilochar tadbirlar cheklangan bo‘lsa-da, kechqurunlari hayot jonlanadi, maxsus iftor dasturxonlari va mavzuli yarmarkalar tashkil etiladi.
Maqsadingizga mos mavsumni qanday tanlash mumkin

Har bir sayyoh Amirliklarni o‘z maqsadi bilan tashrif buyuradi: kimdir sokin dam olishni, kimdir xarid qilish va tadbirlarda qatnashishni, yana kimdir mamlakatni shovqin-suronsiz ko‘rishni istaydi. Eng qulay vaqtni tanlash uchun ustuvorliklarni oldindan belgilab olish muhim.
Dam olish turiga ko‘ra tavsiyalar:
· Sohilda dam olish uchun. Oktabr - aprel: mayin quyosh, qulay harorat, tinch dengiz;
· Sayohat va sayrlar uchun. Noyabr-mart: salqin havo, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish uchun eng qulay sharoit;
· Xarid qilish uchun. Yanvar va fevral: chegirmalar mavsumi, festivallar, arzon narxlar;
· Oilaviy dam olish uchun. Mart, aprel, noyabr: mo‘tadil issiqlik, bolalar dasturlari, mehmonxonalarda oilaviy aksiyalar;
· Tejamkor dam olish uchun. Yoz: kurortlarda chegirmalar, osoyishtalik va xotirjamlik.
Maqsad aniqlanganidan so‘ng sayohat sanasini tanlash osonlashadi. Agar asosiy maqsad sohilda dam olish bo‘lsa, qishni afzal ko‘rish kerak. Tejash uchun - yozni. Madaniy tadbirlar uchun - kuzni tanlagan ma’qul.
Bunday yondashuv ta’tilni shoshilmay rejalashtirish, kutilmagan vaziyatlardan qochish va sayohatdan maksimal darajada zavq olish imkonini beradi. Eng yaxshi mavsum - aynan sizga mos keladigani. Agar rejalashtirish jarayoniga ongli ravishda yondashsangiz, Amirliklar yil faslidan qat’i nazar, uzoq vaqt xotirangizda saqlanadigan taassurotlar bilan sizni taqdirlab, unutilmas sayohat in’om etadi.