. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

news cover
05 November, 2025

Birinchi Buxoro – Vladivostok reysi!

Salom, Vladivostok! 

Shu soʻzlarni aytish va farahbaxsh dengiz shabadasidan nafas olish uchun Buxorodan Uzoq Sharqqa uzoq uchdik. Vladivostok bizni haqiqatan ham Istanbul, San-Fransisko va hatto Neapolni eslatadigan osma ko‘priklari va manzaralari bilan kutib oldi.


5-noyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasi yangi yo‘nalish bo‘yicha birinchi — Buxoro — Vladivostok reysini amalga oshirib, O‘zbekistonning tarixiy durdonasi bilan Rossiyaning Uzoq Sharqdagi asosiy port shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini yo‘lga qo‘ydi.



Parvozlar haftasiga bir marta — chorshanba kunlari Buxorodan, payshanba kunlari esa Vladivostokdan amalga oshiriladi.


Bir tomonga bagajli aviachipta narxi — 4,3 mln so‘mdan. Samarqanddan uchadigan yo‘lovchilar uchun ham Vladivostokka reyslar mavjud — 3,4 mln so‘mdan.



Yangi yo‘nalish ikki betakror hududni — qadimiy Sharqni va dengizbo‘yi Uzoq Sharqni bog‘lab, ular orasidagi sayohatni yanada qulay va arzon qiladi.


Centrum Air o‘z yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishda va O‘zbekistonning MDH hamda Rossiyaning muhim mintaqalari bilan transport aloqalarini mustahkamlashda davom etadi.