. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

news cover
06 November, 2025

Centrum Air WTM London’da: aviakompaniya xalqaro turistik ko‘rgazmada ishtirok etdi

Centrum Air’ning 3–5-noyabr kunlari WTM London ko‘rgazmasidagi ishtiroki xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va turoperatorlar hamda aviatsiya agentliklari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Forum doirasida aviakompaniya yo‘lovchilar va hamkorlar uchun yangi yo‘nalish va imkoniyatlarni taqdim etdi, shuningdek, Yevropaga parvozlar tarmog‘ini kengaytirish rejalari hamda qo‘shma turistik tashabbuslarda ishtirok etish masalalarini muhokama qildi.


Shu tariqa, Centrum Air G‘arb va Sharqni bog‘lab, Toshkentning Markaziy Osiyoning dinamik rivojlanayotgan aviatsiya xabi sifatidagi mavqeini mustahkamlagan holda o‘z xalqaro tarmog‘ini strategik ravishda kengaytirishda davom etmoqda.

Ishtirokning asosiy maqsadi — Centrum Air brendining xalqaro miqyosdagi tanilish darajasini oshirish, ishonchli va zamonaviy tashuvchi imidjini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning aviatsiya va turizm sektorini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.


WTM London — dunyo turizm sanoatidagi yirik yillik tadbirlardan biri bo‘lib, aviakompaniyalar, turoperatorlar, agentliklar, mehmonxonalar va davlat turizm tashkilotlari vakillarini birlashtiradi. Forum an’anaviy ravishda Buyuk Britaniya poytaxtida o‘tkazilib, biznes aloqalarni o‘rnatish, tajriba almashish hamda yangi yo‘nalish va mahsulotlarni taqdim etish uchun muhim maydon vazifasini bajaradi.