
Centrum Air aviakompaniyasi o‘z parkini faol kengaytirishda davom etmoqda va yangi Airbus A320 (UK32076) samolyotini olgani haqida ma’lum qildi. Bu kompaniya aviaparkidagi o‘n uchinchi havo kemasi hamda ushbu turdagi beshinchi samolyotdir.
Yangi bort Xitoyning Tyanszin shahridan 1-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 03:30 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. Samolyot 180 ta ergonomik o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lovchilarga parvoz davomida yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi.
Airbus A320 – bu parvoz masofasi 6800 kilometrgacha bo‘lgan zamonaviy o‘rta masofali laynerdir. Havo kemasi aviakompaniya yo‘nalishlarida MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘yicha parvozlarda qo‘llaniladi.
«Yangi Airbus A320 samolyotining olinishi – barqaror o‘sishimiz va yo‘lovchilarga yuqori darajadagi servis hamda qulaylik taqdim etishga intilayotganimizning navbatdagi tasdig‘idir. Parkning kengaytirilishi bizga marshrut tarmog‘ini rivojlantirish va ommabop yo‘nalishlarda parvozlar sonini oshirish imkonini beradi», – dedi Centrum Holding asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Abdulaziz Abdurahmonov.
Yaqin kunlarda yangi Airbus A320 aviakompaniya yo‘nalishlarida muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.
Chiptalarga allaqachon centrum-air.com saytida mavjud.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash