. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

news cover
31 October, 2025

Centrum Air Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochmoqda

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent – Male (Maldiv orollari) yo‘nalishida yangi muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yayotganini e’lon qildi. Parvozlar 2025-yil 30-noyabrdan boshlab har yakshanba kuni amalga oshiriladi.

Aviachipta narxi bir tomonga bagaj tashishni ham hisoblaganda 4 000 000 so‘mdan boshlanadi. Parvozlar 216 yo‘lovchiga mo‘ljallangan, xavfsizlik va parvoz davomida qulaylikning yuqori darajasini ta’minlovchi zamonaviy va qulay Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

«Maldiv orollari – O‘zbekiston aholisi uchun eng orzu qilinadigan dam olish yo‘nalishlaridan biri. Mazkur yo‘nalishni jozibador narx hamda Centrum Air’ga xos qulaylik darajasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni taklif etgan holda yanada ommabop qilishdan mamnunmiz», — deya ta’kidladi aviakompaniya matbuot xizmati.

Centrum Air kompaniyasi haqida

Centrum Air — O‘zbekistondagi xususiy yo‘lovchi va charter aviakompaniyasi bo‘lib, Centrum Holding tarkibiga kiradi. Toshkentda joylashgan kompaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tranzit sayohatlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratgan holda Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa bo‘ylab parvozlar tarmog‘ini faol kengaytirmoqda.

Aviakompaniya parki zamonaviy Airbus samolyotlari — A320, A320neo, A321neo va keng fyuzelyajli A330-300 dan iborat. 2025-yil oxirigacha park 14 ta samolyotga, 2026-yilga kelib esa 22 taga yetadi, bu mavjud yo‘nalishlar sonini ko‘paytirish va yangi yo‘nalishlarni ochish orqali O‘zbekistonning Yevroosiyo havo aloqalar markazi sifatidagi rolini mustahkamlash imkonini beradi.