. UZS

Dubay | 2025-yil 19-noyabr: O‘zbekistondagi eng yirik xususiy aviakompaniya hisoblangan Centrum Air dunyoning yetakchi aviatsiya moliyalashtirish kompaniyasi Avolon bilan Airbus A320neo oilasiga mansub beshta samolyotni yetkazib berish bo‘yicha lizing kelishuvini imzoladi. Kelishuv bugun Dubai Airshow aviako‘rgazmasida e’lon qilindi.
Centrum Air va Avolon o‘rtasidagi hamkorlik joriy yil avvalida o‘tgan oy yetkazib berilgan Airbus A320-200 samolyotini lizingga olish bilan boshlangan edi. Yangi samolyotlarni 2027-yilda yetkazib berish rejalashtirilgan.
Hozirda Centrum Air 40 dan ortiq ichki va xalqaro yo‘nalishlarda, shu jumladan Dubay, Istanbul, Dehli, Seul, Guanchjou, Bangkok, Pxuket va Male shaharlariga parvozlarni amalga oshirmoqda. Yangi samolyotlar kompaniyaning marshrut tarmog‘ini kengaytirish va o‘sishni davom ettirish rejasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Pol Gini, Avolon prezidenti va tijorat direktori shunday izoh berdi:
«Centrum Air bilan o‘zaro hamkorligimizni mustahkamlash hamda ularning o‘sish rejalari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etishdan mamnunmiz. Bozordagi cheklangan taklif sharoitida bizning yangi avlod samolyotlariga oid katta buyurtmalar portfelimiz Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan aviatsiya sektorida mijozlarimizning kengayish rejalari uchun ajoyib imkoniyat yaratadi».
Abdulaziz Abdurahmonov, Centrum Air boshqaruv raisi shunday ta’kidladi:
«Parkni kengaytirish hamda xalqaro tarmog‘imizni mustahkamlashda Avolon bilan hamkorligimiz rivojlanayotganidan mamnunmiz. Ushbu yangi samolyotlar marshrutlarimizni kengaytirish hamda yo‘lovchilarimiz uchun sayohat sifatini oshirish bo‘yicha strategik rejalarmizni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu hamkorlik Centrum Air’ning uzoq muddatli rivojlanishidagi yana bir muhim bosqichdir».
Avolon kompaniyasi haqida
Avolon — aviatsiya moliyalashtirish sohasida dunyoning yetakchi kompaniyasi bo‘lib, kapital va aviatashuvchilar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi hamda global sayohatning iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklarini keng ochib berishga xizmat qiladi. Kompaniya mijozlar bilan mustahkam aloqalari, jamoaviy yondashuvi va tezkor ishlash uslubi bilan faxrlanadi. Avolon uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan investitsiyalar kiritadi, xatarlarni diversifikatsiya qiladi va kapitalni samarali boshqarib, barqaror moliyaviy holatni saqlab qoladi. 62 davlatda 141 ta aviakompaniya bilan hamkorlik qilayotgan Avolon 2025-yil 30-sentyabr holatiga ko‘ra 1159 ta samolyotdan iborat o‘ziga tegishli, boshqariladigan va buyurtma qilingan parkka ega.
www.avolon.aero

Muqaddas Ramazon oyi arafasida O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi bo‘lgan Centrum Air yo‘lovchilarni yaqinlashib kelayotgan muborak davr – ruhiy yangilanish, birdamlik va ezgu amallar oyi kirib kelayotgani bilan tabriklaydi. An’analarga hurmat va sayohatlar davrida yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida aviakompaniya aviachiptalarga chegirmalarni oʻz ichiga olgan maxsus promo-aksiyani e’lon qiladi.20-yanvardan 9-fevralgacha — aviachiptalarga 25 foiz chegirma.Sayohat davri: 17-fevraldan 19-martgacha.Chiptalarni sotib olish:– rasmiy centrum-air.com saytimiz;– Centrum Air Telegram Mini App ilovasi orqali.Maxsus tariflar bo‘yicha chiptalar soni cheklangan.Aksiya Centrum Air aviakompaniyasining muntazam reyslarida amal qiladi va yo‘lovchilarga Ramazon davrida hamda u yakunlanganidan keyin sayohatlarini yanada qulay shartlarda oldindan rejalashtirish imkonini beradi.Centrum Air yilning muhim davrlarida yo‘lovchilar haqida g‘amxo‘rlik qilish tamoyillariga sodiq qolgan holda qulay va hamyonbop sayohatlarni taklif etishda davom etadi.Centrum Air kompaniyasi haqidaCentrum Air — O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi bo‘lib, zamonaviy havo kemalari parkini ekspluatatsiya qiladi. Kompaniya 2023-yil yanvar oyida tashkil etilgan va ishonchli hamda xavfsiz aviatashuvlarni ta’minlagan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini faol kengaytirmoqda. Centrum Air floti 14 ta zamonaviy tor va keng fyuzelyajli Airbus samolyotlaridan iborat bo‘lib, 50 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Yil oxiriga qadar aviakompaniya parkni 22 ta samolyotgacha oshirishni rejalashtirmoqda.Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telefon: (+998) 555−18−88−88Veb-sayt: centrum-air.comFacebook: fb.com/centrumairlinesInstagram: @centrumairTelegram: t.me/centrumair
19 Yanvar, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi yangi Airbus A321neo samolyotini qabul qilib oldi. Mazkur layner aviatashuvchi parkidagi 14-havo kemasi boʻldi. Ro‘yxat raqami UK32133 bo‘lgan samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan (Sloveniya) uchib keldi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.Airbus A321neo — yangi avlodga mansub zamonaviy o‘rta masofali samolyot bo‘lib, Airbus A320 oilasining avvalgi modellariga qaraganda yuqori yoqilg‘i tejamkorligi va parvoz masofasining uzaytirilganligi bilan ajralib turadi. Yangi dvigatellar va takomillashtirilgan aerodinamikadan foydalanish yoqilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar darajasini kamaytirish imkonini beradi, bu esa aviakompaniyaning barqaror rivojlanish strategiyasiga mos keladi.Samolyotning to‘liq ekonom-klass tipidagi 221 yo‘lovchi o‘rniga mo‘ljallangani uni yuqori talabga ega bo‘lgan reyslarni amalga oshirish uchun maqbul yechimga aylantiradi. Airbus A320 bilan solishtirganda uzaytirilgan parvoz masofasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va havo kemasidan uzoqroq yo‘nalishlarda foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.Centrum Air kompaniyasi Airbus A321neo samolyotidan Uzoq Sharq, Yevropa va yuqori sig‘im hamda parvoz masofasi talab etiladigan boshqa xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.Yangi samolyotning qabul qilib olinishi aviakompaniyaning barqaror o‘sish va faol rivojlanish strategiyasi doirasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Centrum Air izchil ravishda flotini kengaytirib, zamonaviy va samarali havo kemalariga investitsiya kiritmoqda, bu esa operatsion samaradorlikni va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.
16 Yanvar, 2026

O‘zbekistonning yirik xususiy aviatashuvchisi hisoblangan Centrum Air o‘zining uch yilligi munosabati bilan maxsus aksiyani ishga tushirayotganini eʼlon qiladi.2026-yil 17–19-yanvar kunlari yo‘lovchilarga aviakompaniyaning barcha muntazam yo‘nalishlari bo‘yicha aviachiptalarga 18% chegirma taqdim etiladi. Chegirma aksiya muddati davomida aviachiptalarni xarid qilish jarayonida avtomat tarzda qo‘llaniladi. Parvoz sanalari cheklanmagan, yo‘lovchilar sayohat uchun istalgan qulay vaqtni tanlashlari mumkin.Chegirmali aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy centrum-air.com sayti va rasmiy Telegram Mini App orqali xarid qilish mumkin.Aksiya cheklangan muddatlarda davom etadi – 2026-yil 17–19-yanvar kunlari.Centrum Air tashkil topganining uch yilligini nishonlar ekan, ushbu voqeani o‘z yo‘lovchilari bilan baham ko‘radi va qulay shartlarda sayohatni oldindan rejalashtirish imkonini taqdim etadi.
16 Yanvar, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan