. UZS

blog

Joylar26 Mart, 2026

Siz – Lahor markazidasiz


Lahor – bog‘lar sukunati, azon sadosi va ziravorlar hidlari orqali ochiladigan shahar. Bu yerda tarix ko‘chalarda, binolarda va odamlar orasida yashaydi. Ushbu chek-list sizga shahar ritmini yo‘qotmasdan uning o‘ziga xosligini kashf etishga yordam beradi – ilk taassurotlardan tortib, safardan keyin ham siz bilan qoladigan lahzalargacha.



Shaharda nimalar qilsa boʻladi?


1. Lahor gavhari – qizil qumtoshdan qurilgan Badshahi (Jomiya) masjidini ziyorat qilish.




2. Fort Road ko‘chasidagi restoranlardan birida Badshahi masjidi uzra botayotgan quyosh manzarasida kechki ovqatni tanovul qilish.




3. Lahor qal’asining ulkan hududi va uning ichidagi Shish Mahal – «Ko‘zgular saroyi»ni ko‘zdan kechirish.




4. Jahongir maqbarasining yarim qimmatbaho toshlardan florensiya mozaikasi uslubida ishlangan naqshlarini hayrat bilan tomosha qilish.




5. Sholimar bog‘lari bo‘ylab sayr qilib, xotirjamlik va garmoniyadan bahra olish.




6. Lahor muzeyida tarixiy va madaniy osori-atiqalarni tomosha qilish.




7. Shaharning eng mashhur yodgorliklaridan biri – Deli-geyt (Dehli darvozasi) fonida suratga tushish.




8. Eski shahar ko‘chalari va bozorlari bo‘ylab aylanish.





9. Eski shahar durdonasi bo‘lmish Vazir Xon masjidining yorqin freskalaridan bahra olish.




10. Anarkali bozorining o‘ziga xos muhitiga sho‘ng‘ish.




11. Pokistonning ikkinchi yirik savdo majmuasi – Emporium Mall’da xaridlarni amalga oshirish.




12. Pokistondagi eng qadimgi va eng yirik hayvonot bog‘laridan biri – Lahore Zoo yoki Lahore Wildlife Park yovvoyi tabiat bog‘i bo‘ylab sayr qilish.




13. Joyland ko‘ngilochar bog‘idagi attraksionlarda uchish.




14. Bahria Town Lahore tumanidagi Eyfel minorasi nusxasi yoki mustaqillik ramzi – Minar-e-Pakistan minorasining kuzatuv maydonchasiga ko‘tarilish.




15. XVIII asrdan beri shaharda yashab kelayotgan Faqirlar oilasining «Faqir Xona» xususiy muzeyiga tashrif buyurish.




16. Mahalliy an’analar asosida mahorat bilan bo‘yalgan va bezatilgan yuk mashinalarining o‘ziga xos fotosuratlar to‘plamini yaratish.




17. Mashhur Gawalmandi Food Street va MM Alam Road ko‘chalarida mahalliy taomlardan tatib ko‘rish.




18. Jilani yoki Model Taun bog‘laridan birida piknik uyushtirish.




19. Vagah chegara o‘tish joyida (Lahordan 24 km uzoqlikda) Pokiston reynjerlari va Hindiston chegarachilari ishtirokidagi har kungi bayroq tushirish marosimini tomosha qilish.





Nimalarni tatib ko‘rish kerak?


- Lahor biryanisi – ziravorlar bilan to‘yingan go‘shtli yoki tovuqli palov;

- Qo‘y yoki tovuq go‘shtidan karahi;

- Taka tak (yoki Kata kat) – kalla-pochani tovada qiymalab tayyorlanadigan taom;

- Halva puri – nonushta uchun taom;

- Sut, ugra, atirgul siropi va rayhon urug‘laridan tayyorlangan sovuq faluda deserti.



Nimalar sotib olish mumkin?


- Qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari;

- Pokiston choyi;

- Mahalliy gilamlar;

- Antikvariat buyumlar.



Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari