. UZS

blog

Aeroportlar12 Yanvar, 2026

Bokudagi Haydar Aliyev nomidagi aeroportning 1-terminali

Bu aeroportning terminali dunyodagi eng chiroylilardan biri deb ataladi – ayrimlar shu bino uchun ham Bokuga borishga arziydi, deyishadi. U 2018-yilda postsovet hududidagi eng yaxshi terminal deb e’tirof etilgan, hatto zamonaviy san’at asariga tenglashtirilgan… Va bu – Bokudagi Heydar Aliyev xalqaro aeroportining yangi terminali.



Toshkent → Boku 1,65 mln so‘mdan



Terminal-1 ekspluatatsiyaga topshirilgan: 2014-yil.

Terminal-1 maydoni: 65 ming m².

Yiliga 6 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Shahardan masofa: ≈ 25 km.





2024-yilda aeroport yana bir bor Skytrax World Airport Awards 2024 mukofotining «Markaziy Osiyo va MDHning eng yaxshi aeroporti» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.




2018-yilda aeroportga Skytrax tomonidan 5-Star Regional Airport reytingi berilgan – bu yuqori servis va infratuzilma darajasining tan olinishidir.




Heydar Aliyev xalqaro aeroporti «Tipologiya / Transport: Aeroportlar» yo‘nalishida xalqaro A+Award mukofoti sovrindori bo‘lgan.





Terminal-1 binosi uchbarg shaklida bo‘lib, yarim shaffof tomga ega. Arxitektura yechimi tufayli u yengil va nozik ko‘rinadi.




Uchib ketish zonasining uchinchi qavatida dub shponidan futuristik «pillalar» va yarim sharlar joylashgan bo‘lib, ular ichida kafe va do‘konlar oʻrin olgan.





Terminal majmuasida kafe va restoranlar, Duty Free do‘konlari, ona va bola xonalari, shuningdek, biznes zallar joylashgan.




Puxta rejalashtirish va ergonomik dizayn shrofati bilan bagaj kutish va parvozoldi jarayonlari maksimal qulay oʻtadi.



Xalqaro Heydar Aliyev aeroportiga materialni tayyorlashda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildiramiz.


Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari