. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

blog

Taomlar10 Noyabr, 2025

Sayohat ta’mdan boshlanadi

Aytishlaricha, balandlikda ta’m o‘zgacha tarzda sezilar ekan. Biz osmonning shu sehridan foydalanishga qaror qildik va siz uchun to‘qqiz xil maxsus ovqat turini – yengil vegetarian taomlaridan tortib klassik koshergacha ishlab chiqdik. Har bir taom – bu ta’m, g‘amxo‘rlik va ilhom haqidagi kichik bir hikoya, u butun parvoz davomida sizga hamrohlik qiladi. Centrum air bilan parvozning har bir kilometridan zavq oling!


*Bortdagi yeguliklar postdagi tasvirlardan farq qilishi mumkin.



1. Osiyocha vegetarian taom
Makaron, brokkoli va pishirilgan pomidor garnirli uzum bargidan do‘lmalar, pishloqli gazak, sabzavotli salat, ziravorli bulochka hamda limon va sutli pirojnoe.

2. Bolalar uchun taom (2 yoshdan 12 yoshgacha)
Tovuq ruleti, pishloq, grek salati, sabzavotli guruch garnirli qarsildoq tovuq qalamchalari, «Brauni» keksi, olma va sharbat.

3. Diabetik taom
«Parvoz» kolbasasi va tovuq ruletidan tayyorlangan go‘shtli gazak, pishloqli gazak, «Sezar» salati, qaynatilgan grechka va pishirilgan pomidor garnirli parranda go‘shti filesi, glyutensiz non, limonli shirinlik.

4. Mevali assorti
Yangi pishirilgan kruassan, olma va apelsin bo‘laklari, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, yong‘oq), murabbo va limon.

5. Glyutensiz taom
Mol go‘shti va parranda go‘shtidan tayyorlangan sovuq gazak, sabzavotli salat, mol go‘shtidan bayramona palov, mavsumiy mevalardan tayyorlangan desert.

6. Hindcha taom
Sovuq gazaklar (parranda go‘shti, ikki xil qattiq pishloq), sabzavotli salat, «Chicken Chili» issiq taomi, tovuq filesi solingan qatlamali pirog va «Brauni» keksi.

7. Qat’iy vegetariancha taom
Sabzavotli salat, meva bo‘laklari, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, bodom, yong‘oq), ziravorlar, salqin va issiq ichimliklar.

8. Laktozasiz taom
Sabzavotli salat, «Hindi» sabzavotli ragu, mavsumiy mevalardan tayyorlangan desert, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, bodom, tozalangan yong‘oqlar).

9. Kosher taom

Yumshoqqina xumus, javdar kulcha, sabzavotli salat va qaynatilgan guruch bilan tovuq filesi.


Har bir menyuning batafsil tarkibi rasmiy saytimizda mavjud.

centrum-air.com/uz/special-meals/paid-meals



Muhim! Maxsus taomlar:

- Ushbu xizmat Base va Optimal tariflarida pulli, Comfort tarifida esa bepul taqdim etiladi.

- 2 soatgacha bo‘lgan reyslarda yo‘lovchilarga faqat salqin ichimliklar va yengil tamaddilar taklif etiladi – maxsus menyuni buyurtma qilib bo‘lmaydi.

- 2 soatdan uzun reyslarda maxsus menyuni parvozdan kamida 24 soat avval buyurtmangizni rasmiylashtirish orqali sotib olishingiz mumkin.



Qanday buyurtma beriladi:


- Chipta bron qilish vaqtida centrum-air.com saytida;

- Sotib olgandan so‘ng centrum-air.com saytida shaxsiy kabinetdagi «Bronni boshqarish» bo‘limi orqali;

- Chiptalarni agent yoki turistik kompaniyadan sotib olgan bo‘lsangiz – ular orqali;

- Qo‘llab-quvvatlash markazi orqali +998 55 518 88 88 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib. Bron qilish vaqtida ko‘rsatilgan marshrut kvitansiyasi raqami va familiyani aytishga tayyor turing.