. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

news cover
10 July, 2025

Keng fyuzelyajli qadam: Centrum Air ikkinchi A330-300 ni qabul qilib oldi

Centrum Air oʻz aviaparkiga ikkinchi keng fyuzelyajli Airbus A330-300 samolyoti kelib qoʻshilganini e’lon qiladi. Ushbu layner aviakompaniya hisobidagi o‘ninchi havo kemasiga aylandi. Mazkur xarid uzoq masofali yo‘nalishlarni rivojlantirish va xalqaro marshrut tarmog‘ini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.

Yangi samolyot saloni to‘liq ekonom konfiguratsiyada bo‘lib, 347 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. O‘rindiqlar orasidagi masofa taxminan 60 sm ni tashkil qiladi, bu esa hatto uzoq parvozlarda ham qulaylikni ta’minlaydi. 2–4–2 ko‘rinishidagi o‘rindiqlar joylashuvi parvozni ham juftliklar, ham oilaviy sayohatchilar uchun maksimal darajada qulaylashtiradi.


A330-300 ilg‘or vibratsiya va shovqin izolyatsiyasi tizimlari, shuningdek, past shovqin darajasiga ega dvigatellar bilan jihozlangan boʻlib, bu parvozni avvalgi avlod samolyotlariga qaraganda sokinroq va tinchroq qiladi. Yaqin vaqt ichida ushbu bortda interaktiv multimedia tizimi joriy etiladi va yaqin kelajakda mazkur tizim nafaqat A330, balki kompaniyaning barcha samolyotlariga ham oʻrnatiladi.


Hozirda Airbus A330 allaqachon Guanchjou, Bangkok va Seul yo‘nalishlarida parvozlarni amalga oshirmoqda. Yaqin kelajakda esa u Centrum Air ishga tushirishni rejalashtirayotgan Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropaga mo‘ljallangan yangi uzoq masofali yo‘nalishlarga ham jalb etiladi.