Centrum Air O‘zbekistonning eng yorqin jamoalaridan biri, boy tarix, kuchli xarakter va sodiq muxlislarga ega bo‘lgan "Andijon" futbol klubi bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini faxr bilan e’lon qiladi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda futbol va sport madaniyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, klub muxlislari uchun noyob imkoniyatlar yaratish, shuningdek, Centrum Air’ning mintaqaviy ishtirokini kuchaytirish, aviakompaniyaga o‘z mijozlariga yanada yaqinroq bo‘lish imkonini beradi.
Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlar futbol maydonida ham, undan tashqarida ham katta yutuqlarga olib keladi. "Centrum Air" samimiy ravishda "Andijon"ga yorqin g‘alabalar, uning sodiq muxlislariga esa unutilmas his-tuyg‘ular va ilhom tilaydi. Ushbu hamkorlik klub tarixida muvaffaqiyat va yutuqlarga to‘la yangi bosqichning boshlanishi, Centrum Air uchun esa sport rivojiga hissa qo‘shish imkoniyati bo‘lsin!
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Aloqaga chiqing
Onlayn murojaat
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash