Jonivorlarni tashish — qo‘shimcha xizmat bo‘lib, ushbu xizmatni ko‘rsatish uchun yo‘lovchilardan tegishli to‘lov olinadi. Reysingizda hayvon tashish narxi qancha turishini chipta xarid qilayotgan vaqtingizda qo‘shimcha xizmatlarni tanlash bosqichida bilishingiz va xizmat uchun to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Agarda reysda hayvonlarni tashish limiti to‘lgan bo‘lsa, sayt orqali chipta sotib olayotganda to‘lov amalga oshmaydi, agentlik orqali ham qabul qilinmaydi. Xizmat haqidagi toʻliq maʼlumotlarni call-markazga murojaat qilib olishingiz mumkin: +998 55 518 88 88 1. Centrum Air aviakompaniyalari yoʻlovchi samolyotlarida hayvonlarni tashish faqatgina havo kemasi salonida va belgilangan meʼyorlarga mos keladigan transport konteyneri (qafas) mavjud boʻlganda amalga oshiriladi. Hayvonning umumiy ogʻirligi tashuvchi qafas bilan birga 10 kg dan oshmasligi kerak. 2. Centrum Air aviakompaniyasi yoʻlovchi samolyotlarida hayvonlar sifatida faqat itlar va mushuklar tashilishi mumkin. 3. Yo‘lovchilar salonida hayvonlarning boshqa turlarini tashishga yoʻlovchi tomonidan aviakompaniya oldindan xabardor qilingan va aviakompaniya vakilidan yozma rozilik olingan holatda ruxsat etiladi. 5. “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar, zaharli hayvonlar, infeksiya yuqtirgan va kasal hayvonlar, laboratoriya hayvonlari, braxitsefallar (tumshuqlari kalta, yassi itlar va mushuklar), shuningdek, kuchli o‘ziga xos hidga ega hayvonlarni tashishga ruxsat etilmaydi. 6. Hayvon tashish so‘rovi aviakompaniyaga avvaldan, reyc uchib ketishiga kamida 24 soat oldin yuborilishi kerak. Aks holda, hayvon bortga kiritilmaydi. 7. Hayvonlarni tashish imkoniyati uchish, tranzit va borish davlatlarining mahalliy talablariga ham bog‘liq. 8. Yo‘lovchi barcha zarur ilova qilingan hujjatlarni olish hamda parvoz yo‘nalishidagi barcha uchish, tranzit va borish davlatlari qoidalariga rioya qilish uchun javobgar hisoblanadi. 9. Ilova qilingan hujjatlari mavjud bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri to‘ldirilgan yo‘lovchiga hayvonlarni tashishga rad javobi berilishi mumkin. 10. Hayvon uchun ilova qilingan hujjatlarga quyidagilar kiradi: - hayvonning pasporti; - emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar; - veterinariya hujjatlari; - uchish, tranzit va borish davlatlarida taqdim etish uchun talab qilinuvchi boshqa hujjatlar (xizmat hayvonlari uchun – hayvon tegishli tayyorgarlikdan o‘tgani va hayvon haqiqatan xizmat hayvoni ekanini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etishilishi kerak). 11. Transport konteyneri (qafas) hayvonni tashiyotgan yo‘lovchi tomonidan taqdim etilishi shart. 12. Transport konteyneri (qafas) tashilayotgan hayvon turi uchun ishlab chiqilgan konstruksiyaga (o‘rnidan turish, aylanish va yotish imkoniyatiga ega bo‘lgan) mos kelishi lozim. Agarda hayvonlar bitta biologik turga mansub bo‘lsa va o‘zaro qarindosh hisoblansa, 2 va undan ortiq hayvonlarni bitta qafasda tashish mumkin – biroq tavsiya etilmaydi. 13. Transport konteyneri (qafas) o‘z-o‘zidan yoki hayvon tomonidan ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eshikda qulflash moslamasiga ega bo‘lishi kerak, shuningdek, havo aylanishi yetarli darajada bo‘lishi hamda qafas ichidagi suyuqliklar oqishining oldini olish uchun konteyner poliga shimuvchi qoplama to‘shalishi (shimuvchi yoʻrgakdan foydalanish tavsiya etiladi) kerak. 14. Transport konteyneri (qafas) butun safar davomida yopiq turishi, hayvon esa – uning ichida bo‘lishi kerak. 15. Parvozni amalga oshirish vaqtida transport konteyneri (qafas) oldingi o‘rindiq ostida bo‘lishi kerak. Parvoz paytida hayvonni qo‘yib yuborish, uni qafasdan chiqarish va oziqlantirish taqiqlanadi.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Aloqaga chiqing
Onlayn murojaat
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash