. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

news cover
24 September, 2025

Centrum Holding AQShning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida AQSh biznesining yetakchi vakillari ishtirokidagi «davra suhbati»da qatnashish Centrum Holding uchun katta sharaf bo‘ldi.


So‘nggi 8 yil ichida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi to‘rt barobarga oshdi va bunda xoldingimizning ham hissasi bor, biz esa qatʼiyat bilan iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirib, biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqdamiz.


Nyu-Yorkdagi uchrashuvda Centrum Holding asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Abdullaziz Abdurahmonov dunyodagi eng yirik moliyaviy konglomeratlardan biri bo‘lgan Citigroup Inc. hamda Amerika mustaqil investitsiya banki va moliya kompaniyasi hisoblangan Oppenheimer Holdings Inc. bilan ochiq bozorlarga chiqishda koʻmak olishga qaratilgan hujjatlarga imzo chekdi.


Ushbu kelishuvlar — global kengayishimiz va barqaror rivojlanishni taʼminlash yo‘lidagi muhim bosqichdir. Faxrlanamiz va oldinga intilishda davom etamiz!