O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi mashhur Pxuket (Tailand) kurortiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi. Parvozlar 2025-yil 3-oktabrdan boshlanadi hamda haftasiga ikki marta zamonaviy va qulay Airbus A321neo laynerlarida amalga oshiriladi.
Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan):
Chorshanba
Toshkent 11:30 – Pxuket 20:20
Pxuket 22:30 – Toshkent 03:10
Juma
Toshkent 00:40 – Pxuket 09:25
Pxuket 10:45 – Toshkent 15:15
Pxuketga parvozlarning yo‘lga qo‘yilishi Janubi-Sharqiy Osiyoning eng talabgir kurortlaridan birini yanada yaqinroq va qulayroq qilgan holda Markaziy Osiyo yo‘lovchilariga dam olish va turizm uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Centrum Air asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov shunday ta’kidladi:
«Dunyoning eng yaxshi kurortlarida dam olish hamyonbop va qulay bo‘lishi kerak. Pxuketga parvozlarning ochilishi O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar aholisi uchun Osiyoning eng yorqin kurortlaridan biri bilan yanada yaqindan tanishish imkonini beradi. Biz uchun ustuvor yo‘nalish — odamlar, mamlakatlar va qit’alarni bog‘laydigan yangi yoʻnalishlarni ochishdir».
Qulay tranzit yo‘nalishlar
Yo‘lovchilar nafaqat Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchishlari, balki O‘zbekiston poytaxti orqali qulay tranzitlardan ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Centrum Air Pxuketga quyidagi shaharlardan Toshkent orqali parvozlarni ta’minlaydi: Olmaota, Moskva, Novosibirsk, Istanbul, Dubay, Dushanbe, Boku, Tel-Aviv va Kopengagen.
Shu tariqa, Toshkent Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan aviatsiya xabi sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda, Centrum Air esa o‘zining xalqaro tarmog‘ini strategik kengaytirishni davom ettirmoqda.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash