. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

news cover
31 July, 2025

Sovg‘alar augusti: Centrum Air 155 ta aviachiptani sovg‘a qiladi!

2025-yilning 1-avgustidan 31-avgustigacha Centrum Air aviakompaniyasi «Sovg‘alar augusti» aksiyasini o‘tkazadi. Har kuni biz 5 ta promokodni o‘ynaymiz — g‘oliblar bepul aviachipta yutib olishadi!

Nima yutib olish mumkin?
Chipta tarifidan 100% chegirmaga ega promokod (aeroport yig‘imlari alohida to‘lanadi). Promokod 2025-yil 31-oktabrgacha bo‘lgan parvozlar uchun amal qiladi.

Ishtirok etish shartlari:

  • Centrum Air rasmiy sayti orqali muntazam reysga chipta xarid qilgan bo‘lish;

  • O‘zbekiston shaharlaridan uchayotgan bo‘lish (charter reyslar ishtirok etmaydi);

  • Telegram va Instagram’dagi rasmiy sahifalarga obuna bo‘lish.

G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Har kuni shartlarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 5 nafar g‘olib aniqlanadi. Yutuq egasi chiptani bron qilishda ko‘rsatilgan e-mail orqali belgilanadi.

Natijalar qayerda e’lon qilinadi?
G‘oliblarning e-mail manzillari (shaxsiy ma’lumotlar to‘liq ochiqlanmagan holda) har kuni bizning Telegram kanalimizda e’lon qilinadi.

Yo‘nalishlar ro‘yxati 1-avgust kuni e’lon qilinadi va zarurat tug‘ilganda yangilanishi mumkin.

Centrum Air bilan yanada ko‘proq sayohat qiling!


📥 AKSIYASINI OʻTKAZISH QOIDALARI