«Andijon» futbol klubi OFK Ikkinchi Chempionlar ligasida ilk xalqaro uchrashuvini o‘tkazdi. Maksim Shatskix jamoasi Ashxobodda Turkmanistonning «Arkadag» klubi bilan to‘qnash keldi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
O‘yinchilar bilan birga klub muxlislari ham Turkmanistonga yo‘l olishdi. Centrum Air jamoa hamda «Burgutlar»ni begona maydonda qo‘llab-quvvatlashga shay muxlislar Ashxobodga qulay yetib borishlari uchun A320 bortida maxsus charter reysini tashkil etdi.
Endi esa barcha 26-noyabr kuni O‘zbekistonda bo‘ladigan javob uchrashuvini intiqlik bilan kutmoqda. Va, albatta, Centrum Air yangi g‘alabalarga birga intilish uchun «Andijon»ning xalqaro safarlarida hamrohlik qilishda davom etadi.
«Andijon» klubi haqida
1964-yilda tashkil etilgan «Andijon» FK O‘zbekiston Superligasida ishtirok etmoqda. 18 360 tomoshabinga mo‘ljallangan «Bobur Arena» klubning uy stadioni hisoblanadi. Jamoa yutuqlari orasida 2024-yilda O‘zbekiston Kubogidagi g‘alaba ham oʻrin olgan. Jamoa «Burgutlar» laqabi bilan mashhur. Klubni o‘tmishning taniqli futbolchilaridan Maksim Shatskix boshqaradi.Andijon played in Ashgabat – together with Centrum Air!
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash