news cover
16 Iyun, 2025

Centrum Air Toshkentdan Kamranga (Nyachang) muntazam aviaqatnovlarni ochmoqda

2025-yil 20-iyundan boshlab Centrum Air Toshkentdan Janubiy Vyetnamning eng go‘zal kurortlaridan biri — Kamranga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan):

  • C65537 (Toshkent — Kamran): seshanba, juma

    Toshkentdan uchish: 23:00
    Kamranga yetib borish: 08:30
  • C65538 (Kamran — Toshkent): chorshanba, shanba

    Kamrandan uchish: 09:50
    Toshkentga yetib borish: 15:40

Parvozlar yangi va qulay Airbus A321neo avialaynerlarida amalga oshiriladi. Ular shovqin va tebranishdan himoya qiluvchi zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan hamda yanada kengroq salonga ega.

Borish-qaytish chiptasi (bagaj bilan) narxi — 8 200 000 so‘mdan boshlab.

Bron qilish: centrum-air.com